11-topshiriq. Ariza haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, ishga kirish haqida ariza yozing.
Arizaning turlari:ishga kirish, ishdan bo‘shash, mehnat ta’tiliga chiqish, o‘z hisobidan ta’til so‘rash, moddiy yordam, davolanish yoki dam olish uchun yo‘llanma, farzandini bog‘chaga, maktabga berish uchun yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjatlardir. Arizaning zaruriy qismlari: ariza yo‘llanayotgan tashkilot, rahbar familiyasi, ismi, otasining ismi, ariza matni, ilova hujjatlar ro‘yxati, ariza yozgan shaxsning imzosi, familiyasi va sanasi yozib ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |