Asosiy masalalarga iloji boricha ko‘p qayting.
Diqqatni bo‘lishlarni minimallashtiring. Peydjer, uyali telefonlaringizni o`chirib boshqa bir odamga bering.
Jurnalist ko`ziga tik boqing. Agar, muhbir bo‘lsa, unda kameraga qaramang. Ko`z kontakti ijobiy va ishonchli imidjni ko`rsatib berishda muhim ahamiyatga ega. Pastga qarashingiz sizni hamkorlik qilishni xohlamaganday ko`rsatishi mumkin, u tomondan bu tomonga olazarak qarash ayyorlik va chalgitadigandek tuyulishi mumkin.
Savolga javob berayotganingizda, intervyu oluvchining salbiy sharhlarini qaytarmang. Doimo ijobiy tarzda javoblar tuzing.
Jargon, sohaga oid til (so`z) va akronimlardan chetlaning. Muxbirlar ommaga siz berayotgan ma’lumotni beradilar. Barcha tushuna oladigan atamalardan foydalanish muhimdir.
Hech qachon o`ylanmang. Berilishi mumkin bo`lgan savolga javob topish inson tabiatiga xosdir, ammo, media intervyusida, o`ziga juda ishongan bo`lish tashkilotingiz obro`siga ziyon yetkazishi mumkin. Agar,bilmasangiz, shuniaytingvato`g`rijavobnibilishuchunqo`lingizdankelganbarchaishlarniqilishingizgavaqaytishingizgava’dabering.
Mas’uliyatlibo`ling.Biroq, doimomaqsadingizyodingizdabo`lsin. Sizbuyerda «gapiruvchibosh» bo`lishuchunemassiz, intervyuoluvchingizsavollarigajavobbering; sizbuyerdaasosiyxabaringizniyetkazishuchunkelgansiz.
Gapni chalg‘itadigan bo`lmasligingiz kerak, siz doimo ma’lumotingizni berishingiz kerak.
SEMINARLAR
Seminar - bu kichik guruhlar muhokamasi bo`lib, unda tadqiqot va chuqur o`rganishlar natijasi og`zaki va yozma hisobotlar orqali taqdim etiladi.
Seminarning asosiy maqsadi bilimlarni almashish va bir xilda bilimli insonlarning qarashlarini bilishdir. Umuman olganda, bir shaxs bosh ma’ruzani o`qiydi va u bo`yicha chuqur muhokama davom etadi. Boshqa a’zolar so`zlovchi bilan notiq taqdimoti bo`yicha qarashlarini ifodalashda o`zaro suhbat olib boradilar.
Seminar universitetda bo`ladimi yoki tijorat yo professional tashkilot tomonidan taklif etiladimi asosiysi, o`quv jarayonida o`zaro ta’sir shaklidir.
Uning funksiyasi vaqti-vaqti bilan o`tkaziladigan yig`ilishlarga kichik guruhlarni yig`ish, har gal muayyan mavzuga e’tibor qaratib, unda qatnashchuvchi har bir inson faol ishtirok etishi talab etiladi.
Bu ko`pincha seminar yetakchisi yoki instruktori bilan davomli dialog yoki tadqiqotning rasmiyroq taqdimoti orqali amalga oshiriladi.
Barcha faoliyatlarning o`z vaqtida bajarilishi uchun seminar kunidan seminarni tashkillashtirish bo`yicha vaqt jadvalini tuzing.
Odatda, ishtirokchilar muhokama qilinayotgan sohada boshlovchi bo`lishlari kerak emas. Seminar tizimining g`oyasi tanlangan predmetning metodologiyasi bilan talabalarni kengroq tanishtirish va tadqiqot davomida doimo kelib chiquvchi amaliy muammolar misollari bilan o`zaro ta’sir ko`rsatishlariga ham imkon berishdir.
Bu berilgan ma’ruzalar muhokama qilinadigan, savollar ko`tariladigan va debat(munozara)lar o`tkaziladigan joydir.
U o`quv ko`rsatmalar berishning ma’ruza tizimiga qaraganda, nisbatan norasmiy bo`ladi.
SHO’BA
Sho’ba - bir necha kun davom etishi mumkin bo`lgan jamlanish yoki trening. Umuman olganda, bu mutaxassis yo`rig`i bilan ko`proq ishga yo`nalgan bo`ladi va guruhning barcha a’zolari tomondan qatnashiladi. U muammolarni hal etilishi, amaliy treningga urg`u beradi va qatnashuvchilarning jalb etilishini talab etadi. Ko`pincha, simpozium, ma’ruza yoki yig`ilish amaliy namoyishlar bilan o`tkazilganda, sho’baga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |