9. «Talabaning elektron portfoliosi» - e-Portfolio. Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfoliodeb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan, maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolioning uch xil shakli tavsiya etiladi:
Rivojlantirish portfoliosi- developmental (rivojlanishning xususiy kompetensiyasi).
Erishgan yutuqlar portfolisi - assessment.
Namoyish portfolisi – showcase.
Rivojlantirish portfolisi (developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo‘llaniladi. Bu bosqichda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o‘ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) - talabaning fan bo‘yicha erishgan yutuqlari va bilimini aniq va to‘g‘ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi (showcase) - o‘quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potensial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o‘qishni davom ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko‘rinishdagi Curriculum Vitae hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham foydalaniladi.
e-Portfolio talabaning o‘zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari monitoringini yuritishning prinsipial yangi, refleksiyaga asoslangan vositasi bo‘lib, talaba bilimi natijalarini ball tizimida emas, balki sifat jihatdan baholash imkonini beradi. e-Portfolioni yaratish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig‘i.
«On-line-portfolio» turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Masalan:
kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir qancha hujjatlar va materiallarni yuklash orqali talaba tomonidan tuzilishi mumkin;
talabaning shaxsiy veb-varag‘ini yaratish orqali tuzilishi va unga o‘quv kursi bo‘yicha o‘z tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi mumkin.
Talaba portfoliosini baholash mezonlari
Talaba o‘z-o‘zini baholashda o‘z faoliyatiga tanqid nuqtai nazaridan qarashi, nima uchun aynan ushbu bo‘lim yoki mavzularni tanlaganligini o‘zi mantiqan bilishi, bu uning ushbu fan bo‘yicha umumiy bilimida qanday rol o‘ynashi mumkinligini ifoda etishi kerak. «Portfolio» yaratishdagi eng murakkab masala - taqdimotga loyiq materiallarni tanlash, ushbu materiallarga tushunarli tilda, ravon, mantiqan mazmunga boy va qisqa izoh yozish hisoblanadi. Materiallarni to‘g‘ri tanlash, ularga izoh yozish hamda uni ob’ekiv baholashda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |