6-topshiriq.
Uslub yaratuvchi vositalar. Avvalo, har bir uslub turini yaratuvchi vosita uning mazmunidir: badiiy tasvir - badiiy uslubni, ilmiy fikrlar (teorema, aksioma, qoida, tarif) - ilmiy uslubni, rasmiy munosabatlar - rasmiy uslubni, axborotlar - ommabop uslubni hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir uslubni yaratuvchi leksik va grammatik vositalar ham bo`ladi. Masalan: ilmiy uslubda atamalar hamda deyiladi, ataladi, zarur kabi so`zlar, mazmunan aniq, ravshan, qat’iy iboralar qo`llanadi, tasviriy vositalar esa badiiy uslubni, xabar yoki axborotning manbayini ko`rsatuvchi ibora va so`zlar - ommabop uslubni, rasmiy so`z va iboralar (qaror qildi, kun tartibi, qatnashdilar, berildi, buyuraman, tasdiqlansin, ishonch bildiraman va b.) - rasmiy hujjatlar uslubini tashkil etadi. Rasmiy hujjatlar uslubiga qaror, ariza, tarjimayi hol va boshqalar kiradi, badiiy uslubni - roman, hikoya, doston, felyeton va boshqa badiiy asar turlari, ilmiy uslubni - monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqalar, biror dolzarb masala bo`yicha axborot bo`lsa ommabop uslubni tashkil etadi. Yozma adabiyotda uslubni yaratish uchun leksik, fonetik, grammatik vositalar qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |