O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua denov – 2021


Tanqid tufayli bezovta bo’lishdan himoyalanish uchun quyidagilarga rioya qilishingiz lozimbo’ladi



Download 1,06 Mb.
bet146/180
Sana30.06.2022
Hajmi1,06 Mb.
#719837
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   180
Bog'liq
O\'zbek tili

Tanqid tufayli bezovta bo’lishdan himoyalanish uchun quyidagilarga rioya qilishingiz lozimbo’ladi:
Esingizdan chiqmasin – Siz qanchalik katta muvaffaqiyatlarga erishsangiz, Sizni shunchalik ko’p tanqid qiladilar. Demak, bu tanqidlarning asosi Sizga havas va Sizday bo’lishga intilishdir. Agar haqligingizga astoydil ishonsangiz, boshqa odamlar Siz haqingizda nimalar deyishiga ahamiyat bermang va bu haqda bezovtalanmang ham. Olomondan balandroq ko’tarilsangiz, Sizni yomon ko’ra boshlaydilar va Siz bunga ko’nikishingiz kerak bo’ladi. Agar Sizni noo’rin ayblasalar, ularning betiga qarab kuling – chunki Siz haqsiz. Qachonlardir bilib- bilmay qilgan bema’ni xatolaringizni yoddan chiqarmang va bundan so’ng bunday xatolarni aslo qaytarmang. Shundagina Siz o’zingizni murakkab holatlarga tushib qolganda ham boshqara olasiz. Xatolaringizda o’zingizdan boshqa hech kim aybdor emasligini esdan chiqarmang. Har kuni kechki paytlarda o’z ustingizda ishlang va shu kuni yo’l qo’ygan kamchiliklaringizni aniqlang, ularni yana qaytarmaslikka urining. Sizni tanqid qilishlarini befarq kutib o’tirmang, o’z- o’zingizning murosasiz tanqidchingiz bo’ling. Dushmanlarimizning biz haqimizdagi fikrlari, bizning o’z haqimizdagi fikrimizga nisbatan haqiqatga ancha yaqinroqligini hech qachon unutmang.
12-topshiriq.
Tadbirkorlik va hayotqonunlari
Har qanday tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, u tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish uchun o’zidagi bor bilim, saviya, tajriba va pul mablag’larini ishlatadi. Bunda u ko’pincha o’zining hayot tajribasiga, o’qigan o’quv muassasasida olgan bilimlariga, ota-onasidan yoki yaqin insonlaridan bilib olgan bilimlar majmuasiga va qandaydir etik qoidalarga rioya qiladi. Lekin,ko’pincha tadbirkorning ishi hozirgi paytdan ko’ra muvaffaqiyatli bo’lishi va yanada rivojlanishi uchun buning o’zi aslo yetarli bo’lmaydi. Haqiqatan ham, bizga ma’lum bo’lgan olti ming yil davomidagi insoniyat tarixida barcha insonlar o’z ota-onalaridan va ustozlaridan turli xil bilim hamda ko’rsatmalar olganlar va buning natijasida hayot tajribasiga ega bo’lganlar, oldilariga juda katta niyat va orzular qo’yganlar hamda juda katta narsalarni orzu qilganlar. Ammo, ming afsuski, ularning tug’ilganliklari va orzulari haqida qabr toshidan boshqa hech nima qolmagan. Muvaffaqiyatga erishish yo’l-yo’riqlari haqida juda ko’p kitoblar yozilgan, anjumanlar va seminarlar o’tkazilgan, unda katta muvaffaqiyatga erishgan insonlar o’zlari haqida to’lqinlanib gapirganlar, lekin, biznesda muvaffaqiyatga erishishning qandaydir tayyor qoidalari yoki qandaydir retsepti hali yozib chiqilmagan. Ba’zilar muvaffaqiyatga o’z do’stlaridan va oilalaridan ajralish hisobiga, kimdir esa o’z hayotini garovga qo’ygan holda erishadilar. Ba’zilar uchun esa muvaffaqiyatga erishish va boylik orttirish orzusi umr davomida ezgu va shirin orzuligicha qolib ketaveradi. Ba’zilar esa boy bo’lishadi, lekin, oldingi kambag’al paytlaridagi oilaviy baxtni va xotirjamlikni topa olishmaydi. Biz Sizga muvaffaqiyatga erishish yoki boylik orttirish kaliti tayyor holda taqdim etilmaymiz, balki unda bu yo’lda tadbirkor qilishi lozim bo’lgan ishlar qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatib o’tamiz. Agar, bu maslahatlarga amal qilinsa, Siz muvaffaqiyat kalitini qanday qilib topish mumkinligini o’zingiz bilib olasiz, so’ngra esa, bu sehrli kalitdan foydalanib, muvaffaqiyatga eltadigan eshikni topishingiz va uni ochishingiz kerak bo’ladi. Kitob hayotimizdagi voqea- hodisalarga ob’ektiv nazar tashlashga, maqsadlarni aniqlashga, ularga erishish yo’llarini chamalashga bo’lgan bir urinish bo’lib, ularni baholash Sizga havola. Agarda, bu muammolarga har kim ham aniq va ravshan javoblar topa olsa, bu albatta, juda ajoyib holat bo’lib, hayot yanada go’zal bo’lar edi. Lekin, bir kimsa uchun muvaffaqiyatga erishish yo’li bo’lgan echimlar ikkinchi kimsa uchun batamom muvaffaqiyatsizlikka eltadigan yo’l bo’lishi ham mumkin. Chunki, har bir inson o’zicha tanho, aqli, shart-sharoitlari va hayot tarzi ham qaytarilmas bo’lib yaratilgandir. Demak, bizning asosiy maqsadimiz - har bir insondagi ichki imkoniyatlarni uyg’otishga harakat qilish va unda muvaffaqiyatga erishish kalitini topishga so’nmas ishtiyoq uyg’otishdir. Albatta, muvaffaqiyatga erishish uchun ma’lum bir qoidalarga, tartiblarga, ko’rsatmalarga, ogohlantirish va ehtiyotkorliklarga rioya qilish kerak bo’ladiki, bunday tartib-qoidalar yoki boshqa so’zlar bilan aytganda “Biznes etikasi” jamiyatning har bir qatlamida, xududlarda va mamlakatlarda xilma-xil ko’rinishlarda bo’ladi. Ammo, afsuski, texnokratik jamiyat rivojlanishi va uning turli sohalarga jadal kirib borishi bu muammolarga bag’ishlangan adabiyotlar yaratishni ancha chegaralab qo’ydi va natijada mamlakatimizda bunday kitob hamda qo’llanmalar qisman yoki umuman yozilmadi va shuning uchun, ham kerakli nusxalarda nashr etilmadi. Demak, shuning uchun, ham ko’pchilik bo’lajak tadbirkorlar jamiyatda, ishxonada, chet ellik tadbirkorlar orasida, boshqalar bilan o’zaro muloqotda va oilada qanday qilib muomala qilish, o’zini tutish, biznes suhbatni olib borish, janjalli holatlarga duch kelmaslik uchunnimalar qilmoq kerak ekanligini oliy ta’lim muasasasidagi ta’lim olish jarayonida yaxshi anglay olmaydilar. Bu esa yana boshqa va kerak bo’lmagan qo’shimcha muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladi hamda busiz ham murakkab bo’lgan hayot tarziga salbiy ta’sir qiladi. Albatta, tadbirkorning faoliyatidagi va jamiyatdagi qiyinchiliklarini faqatgina to’g’ri muloqot qoidalarni yo’qligi bilan izohlash kulgili bo’lar edi, lekin, bu samarali muloqot tartib-qoidalarining yoki biznes etikasining juda katta tarbiyaviy, ahloqiy va insoniy ahamiyatini rad qilish ham telbalik bo’lishi tushunarlidir. Xozirgi tadbirkorlik va ishbilarmonlik jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrimizda biz murakkab insoniy munosabatlarda adashib qolmasligimiz, xatolardan holi bo’lishimiz, insonni va uning intilishlarini yaxshi tushunishimiz hamda his tuyg’ularimizni maqsadga muvofiq ravishda jilovlab olishimiz uchun bunday samarali muloqot tartib-qoidalari yoki biznes etikasi hayotiy zarur va muhim bo’lgan bir ashyoga aylanib borayapti. Haqiqatan ham bizning barchamizda o’zimizga xos bo’lgan hayot tarzimiz tufayli yuzaga kelgan ishonchsizlik, talabchanlik, shubha, qattiqqo’llilik va nodo’stona munosabatlar o’zimiz uchun ishimizni rivojlantirishga xalaqit beradigan qandaydir kishanga aylanib bormoqda. Ushbu kitobda bular bilan bog’liq muammolarning ko’pchiligi ko’rib chiqiladi va holis nuqtai-nazardan tahlil qilinadi hamda tadbirkorning muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga diqqat-e’tiborini qaratishi lozimligiga urg’u beriladi. Bu esa har bir insonga va birinchi navbatda bizning muhtaram hamyurtlarimizga ularning turfa xil murakkab muammolarini hal qilishga yordam beradi deb umid qilamiz. Sizlar bu ma’lumotlarga muhtojsizlar, chunki, Siz hayotda albatta, muvaffaqiyatga erishishingiz va munosib hayot tarziga ega bo’lishingiz kerak. Bu ma’lumotlar Sizni yana o’ylashga, ijodiy fikrlashga majbur qiladi va ular yangi narsalar, biznes g’oyalar kashf etishga, o’z ijodiy potetsialingizni muvaffaqiyatgaerishishyo’lidato’lasafarbaretishuchunhayotiyzarurdir.
Biz ishonamizki, ushbu ma’lumotlar barchaga qandaydir darajada ko’mak beradi va har kimga nima bilandir yordam beradi.
Siz tug’ilganingizda hech bir aybsiz, beg’ubor inson bo’lasiz va Sizning bundan buyon rivojlanishingiz oilangiz, atrof-muhit va o’zingizga bog’liq bo’lib qoladi. Biroz vaqtdan keyin o’zingizni-o’zingiz va aqlingizni taniysiz hamda endi Sizning etuk inson bo’lib etishishingiz va kamolot sari yana ham dadilroq ravojlanishingiz faqat o’zingizga bog’liq bo’lib qoladi. Buning uchun esa ilm, bilim, mehnatsevarlik, tirishqoqlik kerak bo’ladi. Agar, insoniyat asrlar davomida yaratgan bilimlarni yaxshilab o’zlashtirib olsangiz va ularni amalda qo’llashga kuch-quvvat va imkoniyat topsangiz, boylik Sizga o’z-o’zidan oqib kelaveradi. Shuning uchun, ham ota- bobolarimiz “Sen pulning ketidan emas, balki pul sening ketingdanquvsin

  • deb bekorga aytmaganlar.

Biz barchamiz, talabalar va o’qituvchilar, ishchilar va xizmatchilar, oddiy mulozimlar va katta amaldorlar, boylar va kambag’allar, yoshlar va qarilar, o’qimishli bo’lganlar va kitob betini umuman ko’rmaganlar, hammamiz bu dunyoga kelganimizdan beri bizga ta’sir ko’rsatayotgan barcha salbiy va ijobiy hodisalarning, yaxshi va yomon insonlarning, oila a’zolarimizning, ustozlarimiz va hayot tarzimizning in’ikosimiz desak, hech ham yanglishmasak kerak. Bizning har bir xatti-harakatimiz, fikrimiz va insonlar bilan aloqalarimiz bizning shaxsimiz xususiyatlariga albatta, ta’sir qilgan. Har bir ko’rilgan film, o’qilgan kitob, televizion ko’rsatuv, birinchisevgi,
oilaviy va jamoa suhbatlari, muloqotlar, Internet ma’lumotlari, cxatlar, katta va kichik g’alabalar, o’qish jarayoni, shubha va orzular, sayoxatlar – bular barchasi bizga o’zining qandaydir ta’sirini o’tkazgan albatta,. Bu foniy dunyoda biz kim edik-ku, kim bo’ldik va keyin kim bo’lishimiz mumkin, bular hammasi bizga o’z ta’sirini o’tkazgan ma’lumotlar majmuasi tufaylidir. Inson o’z muvaffaqiyatsizliklarini tashqaridan axtarishga moyil bo’ladi. U o’z muvaffaqiyatsizliklariga sabab qilib kimnidir yoki nimanidir ko’rsatishi mumkin. Masalan, u o’z muvaffaqiyatsizliklari uchun davlatni, rahbarlarni, hamkasblarni, hamkorlarini, inflyatsiyani, ob-havoni, hayot muammolarini, raqobatchilarni yoki qo’shnilarni ayblashi mumkin. Lekin, bizga qachonlardir ta’sir ko’rsatgan hamda bizning hayotimizda yaxshi yoki yomon iz qoldirgan voqea-hodisalar va insonlar endi orqada qolgan. Agar, bu hodisalar ancha oldin emas, balki kecha ruy bergan bo’lsa ham, Agar, biz bunga izn bermasak, ular bizga aslo ta’sir qila olmaydi. Biz uchun kattaroq ahamiyatga molik bo’lgani - kim va nimaning bugun va bundan keyingi kunlar davomida ta’sir qilishi mumkinligidir. Bizning kim ekanligimiz allaqachon amalga oshgan va rad qilib bo’lmaydigan dalildir. Biz kelajakda kim bo’la olishligimiz, bizga qanday imkoniyatlar paydo bo’lishi va buning uchun nimalar qilishimiz kerakligigina muhimroq va hayotiydir. Shuning uchun, o’tmish yumushlari va hissiyotlari bizning kelajakda erishishimiz mumkin bo’lgan imkoniyatlarimizga yuk yoki to’siq bo’lishiga, bizning imkoniyatlarimizni kamaytirishga yo’l qo’yish aslo mumkin emas. O’tmishning eng katta qimmati uning saboqlarini kelajakda qanday qilib va qanchalik aql-farosat bilan ishlata olishimizdan iboratdir. Shuning uchun, asosiy niyatimiz – bizning o’tmishimiz bizning kelajagimizni yanada quvonchli, baxtli va rang-barang qilish uchun xizmatqilishidir.
Agarda, kimdir o’zini muvaffaqiyatga erishishiga loyiq deb bilsa va bir kunmas bir kun moliyaviy va ma’naviy mustaqillikka erishishiga ishonsa, u holda bu inson orqaga nazar tashlashni bas qilishi kerak va butun diqqat-e’tiborini oldinga, ya’ni, kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan katta va rang- barang imkoniyatlarga qaratsin. Bu inson tadbirkormi, oddiy insonmi yoki o’quvchi-talabami, o’zining katta muvaffaqiyatlar sari zafarli yurishini hozirgi paytda unga ta’sir ko’rsatayotgan insonlar va shart-sharoitlarga e’tibor berishdan boshlasin hamda shu orqali kelajagi qanday bo’lishini sarhisob qilishga o’rgansin. Agarda atrofimizda xuddi oldingidagidek qandaydir toifa odamlar doimo mavjud bo’lsa va hayotimiz tarzi ham shunga yarasha bo’lsa, bizning kelajagimiz ham xuddi o’tmishimiz singari bo’ladi, albatta,.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish