O‘ZBEK TILIDA O‘TGAN ZAMON FE’LLARI
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1.Fe’lning zamon kategoriyasi haqida umumiy tushuncha.
2.O‘tgan zamon fe’li haqida.
3.O‘tgan zamon fe’li shakllari:
a) o‘tgan zamon aniq fe’li va uning tuzilish yo‘llari;
b) yaqin o‘tgan zamon fe’li;
d) uzoq o‘tgan zamon fe’li;
e) o‘tgan zamon (yeshitilganlik) fe’li;
f) o‘tgan zamon davom fe’li va uning ma’nolari;
4.O‘tgan zamon fe’li shakllarining boshqa zamon shakllari uchun qo‘llanishi.
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Zamon kategoriyasi fe’l ifodalagan harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek tili fe’lning zamon formalariga juda boyligi bilan ham harakterlanadi. Harakatning bajarilish vaqti bilan nutq payti orasidagi munosabatga qarab fe’lning uch zamoni farqlanadi. Fe’l bildirgan harakatning bajarilishi, albatta, ma’lum bir vatqda bo‘ladi. Demak, harakat vaqt(zamon) tushunchasi bilan aloqador bo‘ladi. Fe’l bildirgan harakat obektiv arakatning tildagi ifodasi bo‘lganidek, fe’llardagi zamon ham harakatning bajarilishi bilan aloqador bo‘lgan obektiv vaqtning tildagi ifodasidir. Lekin obektiv zamonning tildagi ifodasining o‘zi grammatik zamon kategoriyasi hisoblanmaydi. Grammatik zamon kategoriyasi harakatning nutq momentiga munosabatini ifodalaydi. Nutq moment ham subekt tomonidan belgilanadigan harakat qandaydir vaqt bo‘lagi bo‘lmay obektiv zamon (vaqt) ning so‘zlovchi gapi, so‘zi(nutqi) to‘g‘ri kelgan bo‘lagidir, (so‘zlash, nutq ham harakat hisoblanadi va uning bajarilishi obektiv vaqtning biror qismoga to‘g‘ri keladi). Harakat bajarilish vaqtining nutq momentiga munosabatiga qarab fe’lning uch xil zamoni farqlanadi: 1) nutq momentigacha bo‘lgan harakat – o‘tgan zamon; 2) nutq momentida ham davom etayotgan(tugamagan) harakat – hozirgi zamon; 3) nutq monentidan keyin bo‘ladigan harakat – kelasi zamon.
Zamon m’nolari maxsus formalar orqali ifodalanadi va bu formalar fe’lning zamon formalari deb ataladi1.
Harakat bilan uning amalga oshadigan vaqti orasidagi munosabatni ifodalovchi morfema zamon yasovchi morfema deyiladi; bunday morfemalar tizimi zamon yasovchilari paradigmasini tashkil etadi.
Fe’lning zamoni harakat amalga oshadigan vaqtni obektiv vaqtga nisbat berib belgilanadi, bunda nutq payti o‘lchov qilib olinadi: harakat nutq paytidan oldin voqe bo‘lgani ifodalansa, o‘tgan zamon deb, nutq paytida voqe bo‘layotgani ifodalansa, hozirgi zamon deb, nutq paytidan keyin voqe bo‘lishi ifodalansa, kelasi zamon deb belgilanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida tom ma’noda zamon yasovchi morfemalar – aniq yaqin o‘tgan zamon shakli yasovchi -di, hozirgi zamon shakli yasovchilari -yotir, -moqda, -yap affikslari. Zamon yasovchisi deb ta’kidlanadigan boshqa morfemalar asli fe’lning sifatdosh, ravishdosh shakllarini yasovchi affikslar bo‘lib, tuslovchi qo‘shilganidan keyin zamon yasovchisi vazifasiga o‘tadi, zamon yasovchilari paradigmasining vakiliga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |