3.
“Ma‟naviyat” semasini chegarasi va qamrov doirasiga
ko„ra:
a. “mintaqa”semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi;
b. “jamiyat” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi;
c. “mahalla” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi;
d. “oila” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi;
e. “shaxs” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhiga bo‗lgan holda tadqiq
qildik.
III bob.
O„zbek tilida “ma‟naviyat” semali birliklar o„rtasidagi
munosabatlar
1. Sinonimik munosabatlar
71
Ma‘lumki, mazmuniy maydonda so‗zlar barcha ma‘nolarning yig‗indisi
bilan bir butun sifatida ichki munosabat va aloqalarga kirmay, balki alohida
ma‘nolari bilan munosabatga kirishadi. Ma‘noga so‗zlarning differensial-
mazmuniy belgilari yoki tarkibiy qismlarning to‗plami siftida qarash mumkin.
Yu. N.Karaulov har qanday ikki to‗plam bir-biri bilan quyidagicha
munosabatlarda bo‗lishini ta‘kidlaydi: nol oppozitsiya, privativ oppozitsiya,
ekvipolent oppozitsiya, dizyunktiv oppozitsiya.
1
Nol oppozitsiya to‗plamlar o‗rtasidagi teng munosabat bo‗lib, bunday
to‗plamlar elementlari ya‘ni taqqoslanayotgan so‗zlar ma‘nolarining asosiy
qismlari bir xil bo‗ladi, bunday oppozitsiya zidlanish munosabatida bo‗lgan ikki
birlik o‗rtasidagi sinonimik va sinonimik aloqalar bo‗ladi. Ularning asosiy
qismlari o‗xshash, ular ma‘no noziklari bilan farqlanadi.
Privativ oppozitsiya yoki qat‘iy kirishish munosabatlari – bunday
munosabatlarda tur va jins nomlari bo‗ladi, ba‘zan bu munosabatlarni
giponimiya deb ham ataydilar. Bunda ikki holat kuzatilishi mumkin:
- ma‘lum to‗plamning nisbiyligi (xususiyligini), ya‘ni to‗plamning o‗zidan
yuqori bo‗lgan to‗plam tarkibiga kirishi ko‗rsatiladi;
- ma‘lum to‗plam tarkibida ikkinchi to‗lpam (yoki uning birligi) muayyan
nom sifatida ko‗rinadi.
Ekvipolent oppozitsiya – bunda ikki to‗plam bir-biri bilan kesishadi, ularning
kesishida ikkala to‗plamning umumiy qismi hosil qilinadi.
Dizyunktiv oppozitsiya - bunda to‗plamlarning umumiy elementlari
mavjud bo‗ladi.
Sinonimik munosabat xususida jahon va o‗zbek tilshunosligida ko‗plab
tadqiqotlar bajarilgan va olib borilayotgan bo‗lsa-da, ushbu hodisaning mohiyati
1
Караулов Ю.Н Обшая и русская идеография. Москва. Наука, 1976. –с.106-108.
72
aniq va to‗liq aks ettiradigan, hamma e‘tirof etadigan ta‘rif mavjud emas.
1
Ko‗pincha, sinonimiyani izohlashda m‘anodagi to‗liq yoki qisman aynanlik, biri
o‗rnida ikkinchisi qo‗llana olish imkoniyatining mavjudligi kabilar hisobga
olinadi.
Sinonimik munosabat ma‘nodoshlik munosabati deb ham yuritiladi.
Sinonimiya munosabati tilda ko‗p uchraydigan, universal hodida bo‗lishi bilan
birga, u butun lug‗at tarkibini qoplaydigan kategoriya emas. Ya‘ni, lug‗at
tarkibidagi barcha leksemalar o‗z sinonimlariga ega bo‗lmaydi. Sinonim
leksemalarda ma‘no aynanligi, umumiyligi bo‗lishi bilan birga, semantik
farqliklik ham mavjud bo‗ladi. Albatta, sinonimlarda semantik umumiylik
semantik farqlilikdan ustun bo‗ladi va sinonimiya ma‘no umumiyligi asosida
voqe bo‗ladi. Semantik farqlilik absolyut sinonimlarda (leksik dubletlarda)
kuzatilmaydi: affiks-qo‗shimcha, chapak-qarsak. Bunday sinonimlar boshqa
tillardan kirgan so‗zlar hisobiga voqe bo‗ladi.
Sinonimik qatordagi leksemalar bir qancha umumiy semalarga ega
bo‗lishi bilan birga, semantik jihatdan quyidagicha farqlanishlarga ega bo‗ladi:
-konnotativ ma‘nodagi farqlilik;
-denonativ ma‘nodagi farqlilik;
-uslubiy farq.
Bir denotatani, ya‘ni voqelikdagi aynan bir narsani nomlovchi leksemalar
konnatativ ma‘no nuqtai nazaridan farqlanadilar. Mazkur holatda sinonimlar
aynan bir hodisani nomlaydi, lekin ularda ushbu hodisaga bo‗lan munosabat
farqli bo‗ladi: novcha, dorg‗ul, naynov, daroz. Bunday sinonimik qatorlarda
atash semalari aynan bo‗ladi, ifoda semalari har xil bo‗ladi. Demak, bu kabi
sinonimik qatorlarda denotativ ma‘no va denontativ ma‘no asosida hosil
bo‗ladigan signifikativ ma‘no ham umumiy, aynan bo‗ladi. Farqlilik esa
konnatativ ma‘noda yuz beradi.
1
Hakimova M. Semasiologiya. Toshkent. 2008-yil. 76-b.
73
Kulimsiramoq, jilmaymoq, iljaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq
sinonimik qatoridagi hamma leksemalarning denotati bitta, umumiydir: ovoz
chiqarmay xursandchilikni ifoda qilish uchun bajariladigan ko‗z, lab harakati.
Jilmaymoq ijobiy konnatativ ma‘noga, iljaymoq, irshaymoq, tirjaymoq,
ishshaymoq esa salbiy konnotativ ma‘noga ega. Salbiy konnatativ ma‘noga ega
sinonim leksemalar ham o‗zaro salbiylikning darajasiga ko‗ra ham farqlanadi.
Sinonim leksemalar tilning qanday uslubiga xosligi, qo‗llanish doirasi,
leksemaning davra munosabatiga(yangilik, eskilik, zamonaviylik) ko‗ra o‗zaro
farqlanadilar. Buloq, chashma sinonimlaridan buloq oddiy so‗zlashuv uslubiga
xos bo‗lsa, chashma badiiy usluba xos. Yoki buyruq, amr, farmon
sinonimlaridan amr eskirgan so‗z sanaladi.
1
―Ma‘naviyat‖ semali leksik birliklar o‗rtasida ham quyidagicha
sinonimik munosabatlar kuzatiladi:
1. Faravon hayot, to‗kin hayot, osuda hayot, tinch hayot, totuv hayot,
bunyodkor hayot, sog‗lom hayot.
2. Komil inson, barkamol inson.
3. Insoniylik, odamiylik, odamgarchilik.
4. Insonparvarlik, umuminsoniylik.
5. Erkinlik, ozodlik, mustaqillik, hurlik,
6. Sadoqat, vafo.
7. Mamlakat, o‗lka, vatan, yurt, diyor, maskan, go‗sha
8. Huquqiy davlat, suveren davlat, erkin davlat, mustaqil davlat,
demokratik davlat.
1
Hakimova M. Semasiologiya. Toshkent. 2008-yil. 77-b.
74
9. Xoin, sotqin, vatanfurush
10. Qahramonlik, ma‘naviy jasorat, Vatan manfaati, o‗zlikni anglash,
qadriyatlarga sodiqlik, umuminsoniylik, vatanparvarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |