II. Bob bo„yicha xulosalar
64
Ishimizning ikkinchi bobi birinchi faslida biz ―ma‘naviyat‖ semasi va
uning shakllanishida inson omili, ya‘ni antroposentrik nazariya tadqiqiga
to‗xtaldik. Til tizimiga antroposentrik nazariyaning kirib kelishi tilning ijtimoiy
hodisa ekanligini yana bir karra isbotladi. Til egasi – til yaratuvchisi va uni idrok
etuvchi shaxs omilini tadqiq etish, ya‘ni, tilni uni egasi, yaratuvchisi bilan birga
tadqiq etish tilshunoslikda antroposentrik nazariyaning shakllanishiga olib
keldi. ―ma‘naviyat‖ semasi va uning shakllanishi koinot gultoji hisoblangan
inson ta‘sirida amalga oshadi. Bu esa antroposentrik nazariyaning tub mohiyati
va asosini tashkil etadi. Biz ishimiz davomida ―ma‘naviyat‖ semasining ma‘no
mundarijasini va ―ma‘naviyat‖ semasiga ega bo‗lgan birliklarni aniqlabtahlilga
tortdik. Tahlil davomida ―ma‘naviyat‖ semasiga ega bo‗lgan birliklarni
muayyaan integral va differensial belgilariga ko‗ra guruhlab, imkon qadar
―ma‘naviyat‖ semasiga ega bo‗lgan birliklarning izohini berishga harakat qildik.
―Ma‘naviyat‖ konsepti nafaqat inson, balki millatning, xalqning yashash tarzi,
qarashlari, qadriyatlari, tarixi, urf-odatlari, ichki ruhiyati va boshqa bir qator
mentallik xususiyatlari negizida yuzaga kelishi, shakllanishi, xalqning ongi,
tafakkuri va qarashlari o‗sib borayotgan sari uning qamrovi va ko‗lami ham
rivojlanib borishiga amin bo‗ldik.
―Ma‘naviyat‖ semasini izohlashda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga,
islom dinining arkoni bo‗lgan hadis va oyatlarga, o‗zbek adabiyoti va o‗zbek
mumtoz adabiyoti vakillari asarlariga, Milliliy istiqlol va ma‘naviyat asoslari
dasturi asosida yaratilgan darsliklarga, O‗zbek tilining izohli lug‗ati, ―Komillik
kaliti‖, Ma‘naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‗ati va boshqa mustaqillik
davridan so‗ng yaratilgan lug‗atlarga tayandik.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ma‘naviyat tushunchasiga
shunday ta‘rif beradi: ―ma‘naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning
qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‗z
mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish bilan birgalikda yetilgan.
65
Ma‘naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‗giti bilan birga singadi,
ma‘naviyat o‗z xalqining tarixini uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish
va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga
murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak.
Xotirasiz barkamol kishi bo‗lmaganidek, o‗z tarixini bilmagan xalqning kelajagi
ham bo‗lmaydi.‖
Tarixga mehr-ehtirom ko‗zi ila qarash, ulug‗ ajdodlar yaratgan adabiy
meroslarni asrab avaylash o‗z vatanini, xalqini sevish yuksak ma‘naviyatli
odamning amali sanaladi.
Atoqli o‗zbek pedagog olimi Abdulla Avloniy vatanga mehr qo‗yishni
quyidagicha tushuntiradi: ―Vatan. Har bir kishining tug‗ilib o‗sgan shahar va
mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‗ilgan, o‗sgan yerini
jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi tuyg‗usi hayvonlarda ham bor. Agar bir
hayvon o‗z vatanidan, uyuridan ayrilsa, o‗z yeridagi kabi rohat-farog‗atda
yashamas,maishati talx bo‗lib har vaqt dilining bir go‗shasida o‗z vatanining
muhabbati turar.‖
Abdulla Avloniy ma‘naviyatli insonning bir ko‗rinishi
sifatida vatanga mehr-muhabbatli insonlarni misol tariqasida keltirib o‗tadi.
Insonni inson qilgan fazilati uning yeb-ichishi, oila, bola-chaqali bo‗lib
zurriyot qoldirishida emas, balki shu bilan birga uning ongli faoliyati, mehnat
qilishi, moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, har bir ishni o‗ylab, fiktlab, rejali
amalga oshirishi, madaniyat va ma‘naviyat sohibi bo‗lganligidir.
Ma‘naviyat insonning butun hayoti davomid faoliyatidagi tajribalari
asosida shakllanib, rivojlanib, takomillashib boradi. Inson faoliyatining maqsad
va yo‗nalishini aniqlashda ma‘naviyat muhim ahamiyat kasb etadi. Inson
ma‘naviyatsiz yashay olmaydi. Ma‘naviyat alohida bir inson uchun emas,
barcha odamlar, el-xalq, millat va jamiyatning taraqqiyoti uchun ham kerak.
66
Ma‘naviyatimizning ildizi ming-minglab yillar avvalgi davrlarga borib
taqaladi. Eramizdan avvalgi uch ming yilliklarda dunyoga kelgan
zardushtiylarning muqaddas kitobi ―Avesto‖ davrida ham inson ma‘naviyati
kamolotiga alohida e‘tibor berilgan. ―Avesto‖da odamiylikxislatlari, axloq, odob
qoidalari har bir inson uchun munosib tarzda bayon etilgan. ―Avesto‖ kitobi
uzoq yillar mobaynida ma‘naviyat chashmasi vazifasini ado etib keldi.
Zardushtra ta‘limoti nafaqat Sharqda, balki G‗arb davlatlarida ham keng
yoyilgan.
Sharq faylasuflari azal-azaldan ma‘naviyat sohasiga alohida e‘tibor
qaratganlar. Jumladan, Alisher Navoiy ma‘naviyatni ―elning adabi‖ qabilida
ta‘riflaydi. Navoiyning fikricha, haqiqiy boylik – ma‘naviy boylik. Oltin-
kumush jamlagan odam hali ranj-u mashaqqatdan butunlay forig‗ bo‗la olmaydi.
Agarda u adabli, ya‘ni ma‘naviyatli bo‗lsa hayotda unchalik qoqilmaydi,
saodatli kunlarga erishadi.
O‗TILda va Falsafa qomusiy lug‗atida, Prezidentimiz I.A.Karimov
tomonidan berilgan bu izohlardan va ma‘naviyat tushunchasi yoritilgan
darsliklardan shunisi ma‘lum bo‗ldiki, bu so‗zlar zamirida quyidagi ma‘nolar
mujassamdir: insoniyatning axloqi, odobi, qadriyatlari, qarashlari, urf-odatlari,
ma‘rifati,tafakkuri, aqlan, jismonan, qalban, ruhan, vijdonan pok va sog‗lom
bo‗lishi; insoniy aqlan, jismonan, qalban, ruhan, vijdonan pok va sog‗lom
bo‗lishi; insoniy fazilatlarga ega bo‗lishi: mehnatkash, samimiy, mehribon,
diyonatli, xushmuomila, vafodor, iymonli, e‘tiqodli, sharm-hayoli, or-nomusli,
andishali,
nafsini jilovlay oladigan, halol, fidoyi, uquvli, bilimdon, xushyor, irodali,
adolatli, dono, farosatli, irodali, didli, ozoda, vatanparvar, rahmdil va shu kabi
ma‘nolarni anglatadi. Bundan ko‗rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan
ma‘nolarning barchasi ―ma‘naviyat‖ semasini tashkil qiladi.
67
―Ma‘naviyat‖ semasi esa ―inson‖, ― ong‖, ―o‗zbekona‖ , ―qadriyat‖,
―milliylik‖, ―ruhiyat‖, ―poklik‖, ―vijdon‖, ―qalb‖, ―mehr‖, ―iroda‖, ―kuch‖,
―g‗urur‖ , ―komillik‖, ―e‘tiqod‖ kabi sememalardan iborat va bu sememalar
inson ma‘naviyatining kamoloti jarayonida yanada ortib borishi mumkinligi
diqqatga sazovordir. Bunga esa tilning inson konsepti nazariyasiga asoslanib
tahlil qilinishi, qolaversa o‗zbek xalqining milliy ma‘naviyati yuqori ekanligini
o‗z ona tilida aks etganiga bir isbot sifatida qarashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |