X I Z M A T S A F A R I G U V O H N O M A S I
Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriy qismlari:
Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi.)
Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi.
Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari.
Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi).
Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi.
Guvohnomaning orqa tomonida xizmat safarida bo‘lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).
8.
Do'stlaringiz bilan baham: |