Topshiriqlar:
1-topshiriq. Quyidagi qoliplashgan birikmalarni daftaringizga ko‘chirib oling
va xotirangizda saqlab qoling. Bu birikmalardan foydalanib, o‘quv
mashg‘ulotlariga qatnashmaganingiz sababi to‘g‘risida tushuntirish xati yozing.
Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotganligi uchun,
nosozligi tufayli, yomon tashkil etilganligi sababli, joriy etilganligi munosabati
bilan, imkoniyati yo‘qligi tufayli, vafot etganligi sababli, ob-havo noqulayligi
uchun, o‘zgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli,
e’tiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi sababli.
Do'stlaringiz bilan baham: |