--lay (in): butunlay, tiriklay(in).
--incha: ko‘pincha, aksincha.
--n(-in): yashirin, qishin-yozin, oldin kabi.
2. Sintaktik usul bilan qo‘shma, murakkab, juft va takroriy ravishlar hosil qilinadi:
u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda, har vaqt, hech vaqt, har zamon, bir zum, bir yo‘la,
birpas, birmuncha, allavaqt, asta-sekin, oyda-yilda, unda-bunda, bugun-erta kabi.
Ravishlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
1. Sodda ravishlar bir o‘zak asosida hosil qilinadi: ko‘p, oz, yangicha, rasman,
keyin, oldin, tepada, olg‘a kabi.
2. Qo‘shma ravishlar ikki o‘zakdan tuzilib, qismlaridan biri mustaqil
qo‘llanilmaydi: allapayt, allamahal, bir talay, oz muncha, birvarakayiga, bir yo‘la.
3. Murakkab ravishlar har birini erkin holda qo‘llash mumkin bo‘lgan ikkita
o‘zakdan tuziladi: har doim, bir oz, bir nafas, har kuni, o‘sha yerda.
Do'stlaringiz bilan baham: |