O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“O‘ZBEK TILI VA TILLARNI O‘RGATISH” KAFEDRASI
«O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi »fanidan
BAHOLASH MEZONI
Bakalavriatning barcha yo’nalishlari uchun
F A R G‘ O N A - 2022
Fanning baholash mezoni talabalar tomonidan belgilangan bilim va ko‘nikmalarga erishish darajasini belgilash uchun sinov materiallari (joriy vazifalar (topshiriqlar), testlar, savollar va boshqalar) va ulardan foydalanish usullari to‘plami hisobanadi.
Fanning baholash mezoni talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, oraliq va yakuniy baholash jarayonida qo‘llaniladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talabaga kurs tugagandan keyin ishlab chiqarish va ilmiy maqsadlar uchun zarur bo‘lgan axborotni topish uchun mutaxassislik bo‘yicha adabiyotni o‘qish talablari qo‘yiladi. Ixtisoslikka oid mavzularda muloqot olib borishni, yozma ma'lumotlar berishni, nashr etiladigan oynoma, ilmiy ommabop jurnallar, axborot va elektron ma'lumotlardan foydalanish, annotasiya qilish va tarjima qilish malakalarini shakllantirish. jarayonida ilg‘or pedagogik, axborot texnologiyalardan , elektron darsliklar, internet manbaalaridan tanqidiy, ijodiy, samarali foydalanish vazifalari qo‘yiladi. Xalqaro hamkorlikning rivojlanishini e'tiborga olgan holda talabalarni og‘zaki muloqotga tayyorlash, mutaxassislikni nazarda tutish.
Og‘zaki nutqni shakllantirishda ilmiy ommabop, manaviy ma'rifiy, madaniy matnlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, tashqi iqtisodiy aloqalarga oid mavzularni kamrab olish.
Talabalarda o‘zbek tilidagi matnlardan ma'lumot olish ko‘nikmalarini rivojlantirish tanishish uchun o‘qish, sinchiklab o‘qish, ko‘z yugurtirib o‘qish turlarini shakllantirish.
O‘zbek tilida mutaxassislik doirasida muloqot olib borish uchun dastur talabida talabalarga atamalar, atama birikmalari, o‘zbek tilining grammatik va leksik, uslubiy xususiyatlari haqida ma'lumot berish vazifalari qo‘yilgan.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma- ketligi
“O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi ” fani dasturini amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan mavzulardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
Bu fanni mukammal o‘rganish uchun talabalar o‘zbek tili tovush tizimi morfologiyasi, strukturalari, o‘zbek tilida fikr ifodalay olishni bilishi kerak. Ilmiy atamalarni tushunish, ilmiy-texnik adabiyotlaridan ma'lumot olish, xorijiy kamkasabalari bilan muloqotga kirishlari, Vatanga sadoqat, milliy an'analar, urf-odatlar haqida ma'lumot berish va fikr almashish.
Fanning ishlab chiqarish sohasidagi o‘rni
Fandan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar sanoat ishlab chiqarish korxonalarda davlat tilida yuritilayotgan hujjatlarning savodli tarzda bayon etayotganligiga mas'uldirlar. Talabaning og‘zaki nutqi ravon bo‘lib, yozma nutq qoidalarini mukammal egallagan bo‘lsa, sanoat texnologik ishlab chiq arish qurilmalarida borayotgan jarayonlarni, jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini, qurilmalarning uzviy bog‘liqlik rejim me'yorlarini, ishlab chiqarish texnologiyasining optimal ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma'lumot berish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
«O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI »FANIGA AJRATILGAN O‘QUV SOATLARI HAJMI
Mashg‘ulot turi
|
Umumiy soat
|
III semestr
|
Nazorat turi va shakli
|
Baholash muddati
|
Yakuniy nazorat
|
Amaliy
|
30
|
|
ON-test
(og‘zaki)
|
8- hafta
|
Test
|
Mustaqil ta’lim
|
30
|
|
|
|
|
JAMI:
|
60
|
|
|
|
|
Talabalar bilimini baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
«O‘zbek tilini sohada o‘llanilishi » fanidan talabalar quyidagilarni o‘zlashtirishi talab etiladi:
- dasturda ko‘rsatilgan barcha mavzularni o‘zlashtirgan bo‘lishi;
- mustaqil ravishda berilgan mavzu bo‘yicha hikoya tuza olishi;
- o‘zining bilim darajasi va savodxonligini ko‘rsata olishi;
- fikrni ravon, lo‘nda, to‘g‘ri ifoda etishi;
- grammatik topshiriqlarni to‘g‘ri bajara olishi;
- tarjimada jumlalarni to‘g‘ri tuza olishi.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan talabalarning faoliyati baholash uchun topshiriqlar mazmuni
"Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM"ning 2-bob 10-bandiga asosan talabaning amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Fan bo‘yicha joriy baholash o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘kaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda joriy baholash og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, mustaqil ta'lim va uy vazifalarini tekshirish kabi shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
Amaliy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmada kedtirilgan savollar va topshiriqlardan foydalaniladi.
Amaliy mashg‘larga tayyorgarlik ko‘rish uchun:
- dars mavzusi bo‘yicha nazariy materiallarni o‘rganish;
- berilgan savollar va topsiriqlarga ijodiy-tanqidiy yondoshish.
- uy vazifasini bajarish amaliy mashg‘larga tayyorgarlikning bir qismidir.
ORALIQ NAZORAT TURI BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida 1 marotaba – o‘quv semestrini 8-haftasida o‘tkaziladi va maksimal 20 ball bilan baholanadi. Shuningdek, talabalarning semestr haftalari davomida bajargan mustaqil ishlari portfolio shaklida jamlanib, tahlil qilinadi. O‘qituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlarni bajarilish sifatiga qarab maksimal 30 ball bilan baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018- yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g’risidagi nizom”ga muvofiq, oraliq nazoratda fan bo‘yicha A-S– darajasiga erishgan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yiladi, ya’ni talaba semestr davomida oraliq nazorat va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha ajratilgan maksimal ballarni har biridan kamida 60 foizni jamg‘arishi lozim.
Yakuniy nazorat (chiqish nazorati).
Yakuniy nazorat og‘zaki shaklda o‘tkaziladi, nazorat variantlari 4 ta nazariy savol va 1 ta amaliy topshiriqdan iborat bo‘ladi. Talabaning yakuniy nazoratdagi o‘zlashtirishi maksimal 50 ballik tizimda baholanadi. Talabaning oraliq va yakuniy nazorat turlaridan to’plagan balli fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilaydi va quyidagi jadval asosida uning baholash ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Oraliq nazorat shakli
Oraliq nazorat jami 30 ta variant tuzilgan bo‘lib, test shaklida o‘tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan savol kiritilgan. Variantdagi topshiriqlar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Stilistiks.
Leksikologiya.
Terminologiya.
Davlat tilida ish yuritish.
So‘z yasalishi.
NAMUNA: 1-VARIANT
Bir unli yoki bir undosh almashtirilsa, ma'nosi o‘zgaradigan
so‘zlar qatorini toping.
A. qalam, dona
B. sa'va, qal'a
S. ziyrak, tiyra
D. qattiq, ushshoq
2. Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni toping.
A. maktab, dorvoz, ko‘ngil
B. hamisha, bari, ma'no
S. gulzor, safsargul, inson
D. singil, dengiz, tongi
3. Bo‘g‘inga ajralmaydigan so‘zlar qatorini toping.
A. farq, tong, gramm
B. oqil, mutolaa, toifa
S. sportchi, konstruktor, transport
D. ilgari, jarima, shabada
4. Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A. dum-dumaloq, kulib, yigitcha
B. buyruq, sanoq, shahrim
S. shakl, sport, monolog
D. o‘qiyoldi, yettovi, bayroq
5. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A. muomila, avf, nasil
B. ma'sud, xayr, axbor
S. sumbul, ahloq, prosess
D. milion, hulq, shamba
6. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A. xabar, baxt, paxta
B. axborat, taqsim, guluston
S. rahim, mehir, muvofaqiyat
D. kuyundi, tushundi, qutildi
7. Qo‘sh undoshlardan biri tushirilganda ma'nosi o‘zgarmaydigan
so‘zlar qatorini aniqlang
A. tilla, qattiq, ushshoq
B. gulli, xolli, yo‘llamoq
S. essiz, tilli, ellar
D. naqqosh, avval, izzat
8. X va H undoshi almashtirilganda, ma'nosi farqlanuvchi so‘zlar qatorini aniqlang.
A. xalq, taxt, daraxt
B. xol, uxlamoq, xat
S. xabar, taxta, sho‘x
D. shoxi, xam, xil-xil
9. Bosh harflar imlosiga oid xatoga yo‘l qo‘yilgan qatorni toping.
A. O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisi
B. " O‘zbekiston qahramoni" unvoni
S. "Kecha va kunduz" romani
D. Sirdaryo, Katta Farg‘ona kanali
10. Urg‘u ma'no farqlaydigan so‘zlar qatorini toping.
A. yangi, suzma, shaharcha
B. egamiz, tinchi, hilol
S. bog‘lar, ishlar, turna
D. mashq, oshiq, hamma
11. Urg‘u olmaydigan grammatik vositalar qo‘shilgan so‘zlar qatorini toping.
A. kimdir, ishchi, senday
B. kitob-ku, bola-da, yangicha
S. mehnatkash, xumdon, gullamoq
D. hammasi, zavqli, bariga
12. Adabiy talaffuz me'yorlari buzilgan gap berilgan qatorni toping.
A. Mehmonga dastaxon yozib, nondi sindir.
B. Birozdan keyin yengi qo‘shiq boshlandi.
S. Dalivoy ushta kitop olip chiqti.
D. Maxtovlardan behat xursan bo‘lavermang.
13. Talaffuzi va imlosida farqi bor so‘zlar qatorini toping.
A. doim, biolog, Naima
B. muallim, matbaa, taajjub
S. kilogramm, progress, muvaffaqiyat
D. taqsim, murod, o‘ttizta
14. Bo‘g‘inga ajratish qoidasi buzilmagan qatorni toping.
A. sin-gil, de-ngiz, ko‘n-gil
B. kong-ress, tran-sport
S. de-ngiz, ta-aj-jub, me-hr
D. ma'-no, mal'-un, she'r
15. Ma'no urg‘usi ...
A. so‘zdagi biror bo‘g‘inning boshqalariga nisbatan qattiqroq talaffuz etilishi.
B. gapdagi biror bo‘lakning boshqalariga nisbatan alohida ta’kidlab aytilishi.
S. so‘z ma'nosining o‘zgarishi.
D. A va S
16. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi buzilgan qatorni aniqlang.
A. o-pasi, mudofa-a, sin-gil
B. in-gliz, kon-gress, trans-port
S. dun-yo, da-'vogar, ton-gi
D. A va C
17. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A. AQSH, bog‘ga
B. toqqa, Azot IChB
S. ayrobus, tabiat
D. B, S
18. Tarkibida jarangli faqat undoshlar ishtirok etgan so‘zlar qatorini toping.
A. jangchi, shoir
B. gulshan, chinni
S. sayyora, siyoh
D. vayron, arbob
19. Qaysi qatorda faqat sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar berilgan.
A. adolat, mehr, baho, piyola
B. saxiy, nafis, nodon, sergap
S. daraxt, hayot, orzu, ziyo
D. inju, qadr, yorliq, erkin
20. Nutqiy faoliyat necha turga bo‘linadi?
A. so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot uzatish
B. so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot qabul qilish
S. So‘zlovchining fikrlash jarayoni orqali olamni anglash
D. A va B.
21. Nutq tovushlarining nechta tomoni mavjud?
A. ikkita
B. to‘rtta
S. uchta
D. beshta
22. Orfoepik lug‘atlarda nima aks ettiriladi?
A. so‘zlarning kelib chiqishi
B. so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi
S. so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzi
D. so‘z ma’nolarining izohi
23. Shevaga xos so‘zlar qatorini toping.
A. parmanchak, nonpar, vassa, kadi
B. qamchi, yugan, bo‘yincha, uzangi
S. ariya, radius, morfema, gerbariy
D. barg, shifo, shogird, gul
24. Tub so‘zning yasama so‘zga antonim bo‘lgan qatorini toping.
A. Ilmsiz bir yashar - ilmli ming yashar.
B. Kengga keng dunyo, torga tor dunyo.
S. Ko‘z qo‘rqoq - qo‘l botir.
D. Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi.
D. aldamoq
25. ………. ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
A. sodda hujjatlar
B. murakkab hujjatlar
S. ichki hujjatlar
D. tashqi hujjatlar
26.Muassasa yoki mansabdor shaxsga tegishli hujjatlar ………. deyiladi
A. sodda hujjatlar
B. murakkab hujjatlar
S. xizmat yoki rasmiy hujjatlar
D. shaxsiy hujjatlar
27.Tegishlilik jihatiga ko‘ra hujjatlar ………………. hujjatlarga bo‘linadi
A. xizmat
B. rasmiy
S. shaxsiy
D. barcha javoblar to‘g‘ri
28.Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar …………..
tasniflanadi
A. tashkiliy hujjatlar
B. farmoyish hujjatlar
S. ma’lumotsimon-axborot hujjatlari
S. barcha javoblar to‘g‘ri
29. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonnomalari, shartnomalar …….
hisoblanadi.
A. tashkiliy hujjatlar
B. farmoyish hujjatlar
S. ma’lumotsimon-axborot hujjatlari
D. xizmat yozishmalari
30. Dalolatnoma necha kishi tomonidan tuziladi?
A. vakolatli shaxs tomonidan
B. uch kishi tomonidan
S. bir necha shaxslar tomonidan
D. barcha javoblar to`g`ri
|
Yakuniy nazorat shakli
2-semestr
Yakuniy nazorat test shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nazorat savollari quyidagi mavzular asosida tuzilgan
Nutq odobi. Og‘zaki va yozma nutq savodxonligi. Imlo qoidalari.
Nutqning uslubiy sakllari. Og‘zaki nutq uslubining xususiyatlari. Me’yor tushunchasi.
Publisistik uslub. Muloqot va kommunikatsiya. Yozma muloqot va uning o‘ziga osligi. Mutaxassislik nutqi va uning o‘ziga xos ligi.
Ilmiy uslub, xususiyatlari, ko‘rinishlari. Uslublar va vizual axborotlar.
Rasmiy-idoraviy uslub. Hujjat tilining o‘ziga xosligi.
Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi. O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilikning takomillashuvi. Sharq hujjatchiligi.
Ish yuritish tili va uslubi. Ish hujjatlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar.
Hujjat turlari va xususiyatlari. Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi.
Tashkiliy hujjatlarning turlari. . Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Ma'lumot-axborot hujjatlari.
Хizmat yozishma hujjatlari. Diplomatik yozishmalar va ularning xususiyatlari. Hujjatlar ustida ishlash tartibi.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari.
Ilmiy maqola va uning tuzilish xususiyatlari. Ilmiy tadqiqotda bibliografik ishlar va faktlardan foydalanish
Darslik va o‘quv qo‘llanmalari tuzilishi, xususiyatlari.
Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Annotatsiya, retsenziya, taqrizning o‘ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |