Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. I. bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi.
Sitata (lot. citare — keltirmoq, eʼlon qilmoq), iqtibos.
Iqtibos. “LPning har qaysi turini alohida-alohida o‘rganish va ularning o‘zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir”1.
1Нурмонов А., Искандарова Ш.Тилшунослик назарияси. Ўқув қўлланмаси– Тошкент., 2008, 151-152- бетлар.].
Shartli qisqartmalar.Tadqiqotda juda ko`p hollarda ayni bir manba (ilmiy adabiyot, tajriba-sinov ishlari natijasi, ayrim tushuncha va atama, hatto ta`rif va qonuniyat)larni juda ko`p marotaba, tez-tez takrorlab turishga to`g`ri keladi. Chunonchi, "Abdulla Qodiriy asarlarida eskirgan so`zlar" mavzusidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi bu adibning "O`tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Obid ketmon", "Juvonboz" kabi asarlarini o`nlab marotaba tilga olishi, har bir fikrni asoslash uchun bu asarlardan yuzlab misol keltirishi lozim. Bundan tashqari, tadqiqotchi eskirgan so`zlar muammosini mufassal tahlil etgan, masalan, Ernest Begmatovning "O`zbek tilining leksik qatlamlari", E. Qilichevning "Badiiy tasvirning leksik vositalari" asarlari, Sh. Rahmatullayevning "ToshDU Ilmiy asarlari. Yangi sira. 211-chiqishi. Filologiya. 24-kitob. Toshkent, 1963" to`plamida chiqqan "Arxaizm va istorizm" maqolasini, har xil lug`atlarni - ikki jilddan iborat bo`lgan "O`zbek tilining izohli lug`ati"ni, 4 jildli "Alisher Navoiy asarlarining izohli lug`ati" v. h.ni tez-tez takrorlab turishi lozim. Ilmiy ishda, ixchamlik va tejamlik nuqtayi nazaridan, unda tez-tez takrorlanib turuvchi manba va tushunchalarni tadqiqotchi, odatda, qisqartma (shartli qisqartma)lar bilan beradi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlarda juda ko`p holda chizma, diagramma, qonuniyatlarni ixcham va yorqin aks ettiruvchi formula, jadvallar keng qo`llaniladi. Ularda ham, asosan, har xil shartli qisqartmalar qo`llaniladi.
Manbalarga ishora qiluvchi qisqartmalar ham, formula va chizmalarda qo`llaniladigan qisqartmalar ham fanda ikki xildir. Ularning birinchi turi ma`lum bir fan sohasida umumiylik sifatida qabul qilingan shartli belgilardir. Kimiyoda H (vodorod), O (kislorod), NaCl (osh tuzi); matemtikada " + " (qo`shish), "-" (ayirish), " Ö " (ildiz), " a2 " (istagan sonning kvadrati); fizikada F (kuch), V (tok kuchlanishi), W (tok kuchi) va h. shular jumlasidandir. Tilshunoslikda ham shunday shartli belgilar bor. Chunonchi, V - fe`l, Vtr - o`timli fe`l, Vin - o`timsiz fe`l, S - ega, P -kesim, Pv - fe`l kesim. , Pn - ot kesim. Tilshunoslikdagi bunday shartli qisqartmalar, odatda, "Tilshunoslikka kirish" o`quv qo`llanmalarida sharhlanadi. Muallif bunday qisqartmalardan foydalanganda qisqartma olingan manbani aniq ko`rsatishi lozim. Chunonchi, M. Saidovaning tadqiqotida shunday jumlani o`qiymiz:' Modellarda biz "Русская грамматика. Москва. Наука. 1980" kitobida berilgan shartli belgi va qisqartmalar tizimini to`la-to`kis saqlaymiz. 22 Bunda tayanch manba ilmiy jamoatchilik orasida keng tarqalgan, mashhur, har bir ilmiy kutubxonada osongina topiladigan bo`lishi lozim.
Ikkinchi turdagi qisqartmalar muallifning o`zi tomonidan yaratiladi. Bunday qisqartmalar qulay va to`liq sharhiga nima bilandir ishora qilib turadigan bo`lishi zarur. Chunonchi, Abdulla Qodiriyning yuqorida sanab o`tilgan uch romanida eskirgan so`zlarning qo`llanilish muammosini o`rganayotgan tadqiqotchi ularni RI (ya`ni birinchi roman), RII, R III deb ham, A1, A2, A3, deb ham, oddiygina I, II, III `shartli qisqartma sifatida berishi mumkin. Lekin bunday qisqartma noqulay. Kitobxonni qiynaydi. Bu romanlarni O`K, MCh, ObK qisqartmalari bilan berish esa ancha qulay, chunki qisqartmada asarning to`liq nomiga ishora mavjud: O`K-"O`tkan kunlar", MCh-"Mehrobdan Chayon" v. h.
Muallif o`z ishida foydalangan qisqartmalar alohida asarlarda (dissertatsiya, monografiya, darslik v. h. ) ishning kirish qismidan oldin, mundarijadan keyin, ilmiy maqolalarda esa maqola oxirida maxsus sarlavha (foydalanilgan qisqartmalar) ostida to`liq va aniq ochib berilishi shart.
Yosh tadqiqotghilarga shu eslatib o`tish joizki, qisqartmalardan zarur bo`lgan hollarda foydalanish kerak:isqartmalar sononing ko`pligi, ularning o`rinsizligi ishni o`qish va uqishni murakkablashtidadi,qulaylik oqrnida chigallik tug`diradi.
Ilmiy tadqiqotning muhim tarkibiy qismlaridan biri ilmiy havolalardir. Havola-fikr, mulohaza va shu kabilar haqida maʼlumot uchun biror manbaga qarashga undash, shu manbani koʻrsatish. Ilmiy havola tadqiqotchining qanday manbalarga tayanib tadqiqot olib borganligini ko`rsatib turadi. Tadqiqotda havola asosan, ikki turlidir. Bular:
a) material, tadqiq hodisalari, tajriba-sinov ishlariga havola;
b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilarning fikriga havola.
Istagan ilmiy tadqiqot hamisha faktlarga (faktik materialga) tayanadi. Bu faktik material tilshunoslik tadqiqotlarida ma`lum bir manbadan - tilning voqelanish ko`rinishlari - nutqdan (jonli so`zlashuv, sheva, yozuvchilarning asarlari v. h. dan), o`tkaziladigan tajriba-sinov natijalaridan, zarur holatda ilmiy tadqiqotlardan olinadi. Bularning barchasi tadqiqotchi va tadiqiqot uchun material manbayidir. Ilmiy ishda keltirilgan har bir faktik materialning qaysi manbadan olinganligi aniq (tadqiqotni o`qiyotgan boshqa shaxs osonlikcha topa oladigan shaklda) ko`rsatilgan bo`lishi kerak. Material manbayi, odatda, faktik material keltirilgach, qavsda - juda ko`p holda shartli qisqartmalar bilan beriladi. Chunonchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |