Mashq va topshiriqlar
1-mashq. Nuqtalar o’rniga mos qo’shimchalarni qo’yib namunani to’ldiring.
Toshkent davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G‘. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba... Samad
Qosimovdan
A R I Z А
Men «Umid» jamg‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli o‘rinni qo‘Iga kirit... . Shuning ... «Umid» jamg'armasi men... Amerika Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘llanma berishga ... qildi.
O‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix fakultetida ... ettirish uchun ruxsat... ni so‘ray... .
(imzo) S. Qosimov
2019-yil 28- may
2-mashq. Berilgan gaplarni yuqorida ko‘rsatilgan zaruriy qismlar tartibiga amal qilgan holda joylashtirib, daftaringizga ko'chiring.
Kasalligim tufayli qishki sinov va imtihonlami o‘z vaqtida topshira olmadim. Toshkent yuridik kolleji direktori M.Mirhamidovga. I Abdullayev. Shu sinov va imtihonlarni topshirishga ruxsat berishingizni so‘rayman. Ariza. 2002.23.02. Arizamga kasalligim to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilindi. 2- bosqich talabasi Ilhom Abdullayevdan.
TESTLAR
Rasmiy uslubda qanday matnlar tuziladi ?
E’lonlar, she’rlar, romanlar
Qarorlar, idora hujjatlari, dostonlar
Hujjatlar, ish yuritish qog‘ozlari
E’lonlar, hikoya, ariza
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar ………….. tasniflanadi
A. tashkiliy hujjatlar
B. farmoyish hujjatlar
C. ma’lumotsimon-axborot hujjatlari
D. barcha javoblar to‘g‘ri
3. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonnomalari, shartnomalar …….
hisoblanadi.
A. tashkiliy hujjatlar
B. farmoyish hujjatlar
S. ma’lumotsimon-axborot hujjatlari
D. xizmat yozishmalari
4. Dalolatnoma necha kishi tomonidan tuziladi?
A. vakolatli shaxs tomonidan
B. uch kishi tomonidan
S. bir necha shaxslar tomonidan
D. barcha javoblar to`g`ri
5. Adabiy talaffuz me'yorlari buzilgan gap berilgan qatorni toping.
A. Mehmonga dastaxon yozib, nondi sindir.
B. Birozdan keyin yengi qo‘shiq boshlandi.
S. Dalivoy ushta kitop olip chiqti.
D. Maxtovlardan behat xursan bo‘lavermang.
6.Ma’lumot - axborot hujjati Bayonnoma nechta asosiy zaruriy qismdan iborat?
A) 12 ta
B) 8 ta
C) 11 ta
D) 9 ta
7. Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi
A) Ichki va tashqi hujjatlar
B) Sodda va murakkab hujjatlar
C) Namunaviy va qolipli hujjatlar
D) Rasmiy va shaxsiy hujjatlar
8. Tashkiliy hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi ?
A) Buyruq, buyruqdan ko'chirma, ko'rsatma, farmoyish
B) Ariza, bayonnoma, bildirishnoma, dalolatnoma
C) Guvohnoma, yozriqnoma, nizom , ustav, shartnoma
D) Adres, taklifnoma , telegramma, xatlar
9.Hujjat matni qanday talablar asosida ko‘riladi ?
A) Xolislik, aniqlik
B) Ixchamlik, lo‘ndalik
C) Mazmuniy to‘liqlik
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
10. Ma’lumot-axborot hujjatlaridan Ariza nechta zaruriy qismdan iborat ?
A) 9 ta
B) 11 ta
C) 7 ta
D) 10 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |