O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet56/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

Savol va topshiriqlar:
1. Mana shu rejaga tayangan holda o‘zingiz mustaqil ravishda reja tuzing.
2. Rejaning boshqa bir varianti haqida o‘ylab ko‘ring: rejangizda asar matnidan olingan misralar reja bandlarini tashkil etsin.
3. Endi mana shu bandlar sirasiga asarning badiiy xususiyatlari hamda shoirning poetik mahoratini yoritshni ko‘zda tutadigan bandlarni kiriting.
4. Quyidagi mavzulardan ikkitasini tanlab oling. Ularga avval sodda, keyin murakkab reja tuzing.

  1. “Qutadg‘u bilig – turkiy tildagi ilk yirik yozma yodgorlik”.

  2. Atoiy – lirik shoir.

  3. Alisher Navoiy ijodi – o‘zbek adabiyotining gultoji.

  4. “Hamsa”da inson madhi.

  5. “Navbahor” (Muqimiy) she’rining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.

  6. Maxmurning “Hapalak” she’rida ijtimoiy illatlarning fosh etilishi.

  7. “Sayohatnoma” – o‘zbek adabiyotidagi yangi janr sifatida.

  8. “Navoiy” (Oybek) romanida tarixiy shaxslar obrazi.

  9. Men sevgan shoir.

  10. Men sevgan kitob.

  11. Kitob – bilim manbai.

  12. Sen bahorni sog‘inmadingmi?

  13. Kumush obraziga tavsif.

  14. Zebi, Zebi, Zebo‘zbek .

VII.
S.Dolimov, H.Ubaydullaev, Q.Ahmedovlar Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasidagi Xolmat obraziga nutqiy tavsif berish sxemasini tavsiya etishgan:
Endi ana shu tajribadan foydalanib o‘zingiz mustaqil ravishda Navoiy dostonlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Cho‘lponing “Kecha va kunduz” romanidagi Akbarali, Miryoqub, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Otabek, Kumush, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanidagi Bobur nutqlaridan biri uchun sxema bandlarini tuzing. Uni tegishli materiallar bilan to‘ldiring.

    1. Ko‘rgazmalilikning turlari va umumiy mohiyati

O‘quvchi-yoshlarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishida ta’lim-tarbiya jarayonining, tarbiya muhitining, ta’lim vositalari va texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Bugungi kun o‘qituvchisi dars jarayonida faqat darslikdan foydalanib qolmasdan, mashg‘ulot mazmunini boyitishga hissa qo‘shadigan ko‘plab vosita va omillardan foydalanishini ham hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Dars mobaynida ta’lim oluvchilar diqqatini jamlab, harakatlarini faollashtirib bilim berish – murakkab jarayon. O‘qituvchi darsda xilma-xil o‘qitish metodlaridan o‘rinli va samarali foydalana olsa, bu jarayon osonlashadi, darsning samaradorligi oshadi, ta’lim oluvchilarning mavzularni idrok etishi yuqori darajaga ko‘tariladi.
O‘qituvchining o‘quvchilarni zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishi va ta’lim oluvchilar tomonidan ularni o‘zlashtirish usullari turli-tuman o‘qitish metodlariga tayanadi. Har bir pedagog tomonidan ta’lim va tarbiyaning maqsad hamda vazifalari hal qilinar ekan, shu jarayonda o‘qituvchi ta’lim oluvchilarni nimaga va qanday qilib o‘rgatishni, beriladigan bilimlarni ongli ravishda va to‘liq o‘zlashtirishlariga, amaliy malaka va ko‘nikmalar hosil qilishga qanday yo‘llar va usullar bilan erishishni juda yaxshi bilishi kerak.
“O‘qitish metodlari – o‘qitish vazifalarini hal etishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyat usullaridir”113.
Ta’lim jarayonida metodlar tanlash quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

  • darsning maqsadi va mazmuniga;

  • o‘quv fanlarining o‘ziga xos xususiyatlariga;

  • ta’lim oluvchilarning yoshi va tayyorgarligiga;

  • o‘qituvchining shaxsiy sifatlari va boshqalarga.

Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalari amaliyotida keng qo‘llanilib kelinayotgan amaldagi o‘qitish metodlarini asosan uch guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin:
1. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodlari (suhbat, hikoya, tushuntirish, ma’ruza, darslik va turli badiiy adabiyotlar bilan ishlash kabilar).
2. Ko‘rsatish va kuzatish metodlari (namoyish qilish, ya’ni ko‘rsatish, illyustratsiya, ekskursiya kabilar).
3. Amaliy mashg‘ulotlar metodlari (laboratoriya ishi, amaliy ishlar, mashq kabilar).
Hozirgi kunda ushbu metodlar orasida ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilar uchun eng qulay, samarali bo‘lgan metod ko‘rsatish va kuzatish metodlaridir. Ushbu metodlar haqida pedagogika tarixida turli xil fikrlar va qarashlar mavjud.
Qomusiy allomalarimizdan Muhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali-tajriba metodi, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodi, bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalangan.
Abu Nasr Forobiy ham o‘qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan. Olim o‘qitishning tajriba-ko‘rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e’tibor bergan. Barcha metodlarni o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan114.
Abu Rayhon Beruniy fikricha, o‘qitish izchil, ko‘rsatmali, maqsadga muvofiq bo‘lishi va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin, ko‘rsatmalilik ta’limning tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkurni rivojlantiradi115, – deganlar. Shuningdek, o‘quvchiga bilim berishda yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etishga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Yan Amos Komenskiy ko‘rgazmalilik metodini nazariy jihatdan isbotlab, uning mohiyatini aniq bayon qilib bergan. U ko‘rgazmalilikni o‘qitishning “oltin qoidasi” deb ataydi. Komenskiy bu metodda: a) bolaga real narsalarni ko‘rsatish; b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish; d) narsalarning modelini ko‘rsatish; e) o‘qituvchining so‘zi o‘rganilayotgan materialni chuqur bilishga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi116, – deb hisoblaydi. Darhaqiqat, ular vositasida ta’lim oluvchilarga to‘liq bilim berish imkoni mavjuddir.
I.G.Pestalotsi bolalarning aqliy kamolotini o‘stiruvchi didaktik qoidalarni olg‘a suradi:

  1. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi.

  2. Oddiydan murakkabga yo‘naltirish.

  3. Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish.

  4. Ko‘rgazmalilik.

U bunday didaktik qoidalardan ta’lim tizimining barcha jarayonlarida keng foydalanishni nazarda tutdi. “Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish, – degan edi Pestalotsi, – o‘qituvchiga bog‘liqdir. O‘qituvchi dastlab bolalarni sevishi, ular uchun otalik yoki o‘zbek lik vazifasini bajarishi, har bir darsni ko‘rsatmalilik asosida o‘tishi lozim117.
Mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy ham darsda ko‘rgazmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtayi nazardan ko‘rgazmali ta’limning mohiyatini yoritib berdi. Ushinskiy o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali ta’limga munosib o‘rin berdi: u ko‘rgazmali ta’lim o‘quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir118, – deb bildi.
Xalq pedagogikasida ham ko‘rgazmalilik ustuvor maqsadga qaratilganligini kuzatish mumkin: Ko‘rish bilan eshitish qachon teng bo‘libdi? Ming marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi. Ko‘ra-ko‘ra ko‘zchil bo‘lasan, so‘zlay-so‘zlay so‘zchil bo‘lasan. Ko‘rgan boshqa, eshitgan boshqa. Bilgandan bilmaganing ko‘p, ko‘rgandan – ko‘rmaganing. Ko‘p ko‘rgan, ko‘p bilar. Quloq so‘z uchun, olam ko‘z uchun. Ko‘rgan ko‘p bilar, ko‘rmagan – oz…
Bu kabi maqollarni biz xalq pedagogikasida ko‘plab uchratishimiz mumkin. Ularning barchasida olamdagi narsalarni ko‘rish orqali idrok qilish samarali ekanligi ifodalangan.
Xitoy faylasufi Konfutsiy bu fikrni yanayam yaqqolroq ifodalab shunday deydi: “Eshitganimni esdan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, o‘zim bajarsam tushunib yetaman”.
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillardan biri ko‘rgazmalilik ekanligini anglash qiyin emas. Dars jarayonida o‘qish, yozish, ko‘rish, eshitish, fikrlash, so‘zlash kabi amallardan mutanosib tarzda foydalanish nazarda tutilar ekan, ushbu amallar ichida ko‘rish alohida ahamiyatga ega. Zero, ming marta eshitgandan bir marta ko‘rish afzal degan maqolga rioya qilinsa, har bir darsning ko‘rgazmalilik asosida tashkil etilishi davr taqozosi bo‘lib qoladi. Shuningdek, ta’limda ko‘rgazmalilikdan keng qamrovda foydalanish – o‘tiladigan mavzuni mazmunli va ta’sirchan ifodalash, egallangan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash bo‘yicha ham o‘qituvchiga katta yordam berishi bilan farqlanadi. Ko‘rgazmalilik olamni idrok etishni osonlashtiradi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. “Boshlang‘ish sinflarda ko‘rgazmalilik o‘yinchoqlar, rasmlar, narsa-buyumlarni bevosita kuzatish, ushlab ko‘rish, ularning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qilsa, ko‘rilganlarni og‘zaki ifodalash ehtiyoji esa o‘quvchida ichki, mustaqil mushohada ko‘nikmasini rivojlantirishga, ularda birlamchi nutqiy malakalarning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yuqori sinflarda, xususan, akademik litsey va kasb-kunar kollejlarida ko‘rgazmalilikni yanada kengroq qamrovda tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Turli timsoliy belgilar, rangli jadvallar, lingafon, magnitofon, diktofon, radio va televideniye ko‘rsatuvlari, kompyuter texnologiyasining so‘nggi yutuqlari asosida tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardan unumli va samarali foydalanish talabaning ijodiy va nutqiy barkamolligini ta’minlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga shart-sharoitlar yaratadi”119.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “ko‘rgazma”, “ko‘rgazmali” so‘zlariga quyidagicha ta’rif berilgan:

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish