O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet23/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

To‘xta Boboevda : «Lirika (yunon liric – lira jo‘rligida kuylash) – badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri bo‘lib, biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida inson qalbida tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali voqelikni aks ettiradi».
Jamol Kamolda: Qadim Yunonistonda lirika musiqa va raqs san’atlari bilan uzviy, chambarchas hayot kechirgan ekan, Sharqda ham shunday bir holni kuzatish mumkin. Sharqda eng buyuk mutasavvuf shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy ham o‘zining so‘fiyo‘zbek g‘azallarini rubob jo‘rligida, raqsga tushib aytgan. O‘zbek xalqining sevimli klassik shoiri Boborahim Mashrab o‘z she’rlarini tanbur ohanglari bilan orastalab kuylab yurgani el orasida ma’lum. Lirika inson o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida anglagan, o‘zini olam ichra yana bir olam deb bilgan va tashqi, ob’ektiv olamga yangicha qaragan sharoitlarda paydo bo‘ladi… Lirika parvozini hamisha jamiyat hayoti belgilaydi.
D.Quronovda: Lirika (yun. cholg‘u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib, o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni epos va dramadan farqli ravishda lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Lirik turga kiruvchi asarlar odatda kichik hajmli bo‘lishiga qaramay, turmushni badiiy, obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va belgilariga ega. Lirik turga kiruvchi asarlarda konkret individual kechinmalar orqali tipik kechinmalar ifodalanadi. Shu orqali lirik asarda badiiy umumlashtirish vujudga keladi.
Erkin Xudoyberdiyevda: Emotsional-hissiy fikrlash his va fikr munosabati mahsulidir. Hayot doimo shoirda quvonch yo nafrat hissini qo‘zg‘aydi, his esa asta sekin fikr va xulosaga aylanadi. His ko‘ngil dagi to‘lqinlanish hosilasidir. She’rdagi his tinglovchida ham xuddi shunday his tug‘diradi. Bu esa she’rdagi badiiy idrok va estetik tahlil ham lirik umumlashtirishdan kelib chiqadi. Emotsional-hissiy fikrlash shaxsiy kechinma tusini oladi, ya’ni lirika negizida kechinma turadi, hayot she’rda kechinma shaklida aks etadi, kechinma lirik ta’rif va lirik obrazga aylanadi, shu sababli, shaxsiy kechinma o‘ziga xos tipik targa kiradi, odamlar bu kechinmada o‘zini ko‘radi, uni o‘ziniki qilib oladi. Ba’zi shoirning kechinmalari hayotga nisbatan tor, ba’zilarniki keng bo‘lishi mumkin. kechinmalari boy, teran lirikasining xalqchilligi va umuminsoniyligi ortadi.
Bulardan kelib chiqadigan xulosalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
- lirikaning boshqa san’at namunalari bilan aloqadorligi ochiq sezilib turadi;
- lirika qanchalik individual, xususiy holatlarni aks ettirishiga qaramay, unda jamiyat hayotining ifodasi aks etgan bo‘ladi;
- lirik asarlar inson his-tuyg‘ularini juda aniq va yorqin tasvirlashi bilan ajralib turadi;
- Ulardagi tuyg‘u va kechinmalar tasviri hayotiy voqealar tasvirini ikkinchi darajaga o‘tkazib qo‘yadi;
- ularda tom ma’nodagi rivojlanib boradigan syujet mavjud bo‘lmaydi;
- qisqacha qilib aytganda, ularda o‘ziga xos she’riy nutq amal qiladi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish