O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi fanidan ma’ruza (VI semester 4-kurs) Individuallik



Download 1,12 Mb.
bet36/111
Sana18.04.2022
Hajmi1,12 Mb.
#561052
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
Bog'liq
O`zbek tili va adabiyotini o`qitish metodikasi

1. Ifodali o‘qish to‘garagi. Ifodali o‘qish to‘garagiga turli sinf va turli yoshdagi o‘quvchilar jalb etiladi va ularga turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali o‘qish, qayta hikoya qilish qoidalari o‘rgatiladi.
2. Adabiy-ijodiy to‘garak. Adabiy-ijodiy to‘garakda o‘quvchilar ijodidan namunalar – she’r, hikoya, maqola, insho va dasturda sinfdan tashqari o‘qishga tavsiya etilgan asarlar o‘qib, tahlil qilinadi. Shu yo‘l bilan o‘quvchilarda ijodkorlikka havas uyg‘otiladi, asarni tahlil qilish malakalari tarbiyalanadi.
3. Drama to‘garaklari. Drama to‘garagida ham dasturda sinfdan tashqari o‘qishga tavsiya etilgan dramatik asarlar o‘qilib, tahlil qilinadi, shu orqali o‘quvchilarda obraz yaratishga ishtiyoq tuyg‘usi, aktyorlik faoliyatiga tayyorgarlik ishlari olib boriladi, dramatik asarlarni ijod qilishga rag‘bat uyg‘otiladi,o‘quvchilarning dastlabki ijod namunalari o‘qituvchi tomonidan tahlilga tortiladi, yutuq va kamchiliklari ko‘rsatiladi.
Shunday ekan, to‘garak ishini to‘g‘ri tashkil etishning omillari nimalardan iborat?
1. Adabiyot o‘qituvchisi o‘quv yilining boshida to‘garakning me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishi lozim: TM tomonidan tasdiqlangan Nizom; dastur; ish rejasi; to‘garak a’zolari ro‘yxati; o‘tkazilgan mashg‘ulotlar mazmuni va talabalar davomatini qayd etish jurnali; to‘garak faoliyati haqida yozma hisobotlar berib borish.
2. Adabiyot o‘qituvchisi to‘garakka o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishi kerak.
3. To‘garak – o‘qituvchi va o‘quvchilarning ixtiyoriy tashkiloti, ammo uni o‘tkazish va qatnashish doimiy, majburiy.
4. To‘garakning muvaffaqiyati a’zolarning ko‘p yoki ozligiga emas, balki mashg‘ulotning jonli va qiziqarli olib borilishiga bog‘liq.
5. To‘garakda o‘qituvchining vazifasi boshqarish, muntazam ishlashni ta’minlash, tashkiliy ishlarga rahbarlik qilishdir. Shu bois dastlabki yig‘ilishdayoq to‘garakning maqsad va vazifalari bayon etiladi, guruh boshlig‘i va kotiba saylanadi, mashg‘ulot mavzulari va o‘tkazilish vaqti oldindan ma’lum qilinadi.
6. Mashg‘ulot bir yarim, ikki soatdan oshmasligi lozim (o‘quvchilar turli yoshda ekanligini inobatga olish kerak).
7. Mashg‘ulot belgilangan vaqtda o‘tkazilishi shart. Bu doimiylik va o‘quvchilar intizomini mustahkamlaydi.
8. Adabiyot to‘garagi tor doiradagi nomiga o‘tkaziladigan mashg‘ulot emas, badiiy adabiyot namunalarini tashviq qilishning bir shakli, ijodkor mahoratini o‘rganish va o‘quvchi ijodiy qobiliyatini o‘stirishning vositasiga aylanishi kerak.
9. To‘garakdagi ishning metod va usullari rang-barang bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlarning bir xilda o‘tkazilishi o‘quvchini zeriktiradi, shunday ekan, ko‘rgazmali qurollar, muammoli, o‘yin hamda axborot texnologiyalaridan maqsadli, o‘z o‘rnida hamda unumli foydalanish ish sifatining va mashg‘ulot samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
10. Adabiyot to‘garagining muvaffaqiyatini to‘garak rahbarining bilimi, ijodiy qobiliyati, san’atni anglashi va his qilishi, yoshlar ishiga to‘g‘ri, xoliso‘zbek baho berishi, umuman olganda, fidoyiligi ta’minlaydi.
II. 2. Fakultativ mashg‘ulotlar – fakultativ [fr. facultative < lot. facultas, facultatis –imkoniyat, mumkinlik] Majburiy bo‘lmagan, ixtiyoriy; ixtiyoriy ravishda tanlab olinadigan. Fakultativ kurs. Fakultativ seminar. Fakultativ mashg‘ulotlar. Fakultativ mashg‘ulotlar TM ixtiyoridagi soatlar hisobidan o‘qituvchi tashabbusi, metodik birlashma hamda pedagogik kengash kelishuvi va qarori asosida amalga oshiriladigan qo‘shimcha darslardir. Bunday darslar adabiyot fanidan, asosan, 8-, 9- sinflarda olib boriladi.
Bunday mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish quyidagi omillar bilan bo‘g‘liq:
1. Fakultativ mashg‘ulotlarning rejasi sinfda o‘tiladigan adabiyot darslari bilan uzviy bog‘liqlikda tuziladi. Shu yo‘l bilan o‘rta maktab adabiyot kursining mazmuni to‘ldiriladi va rivojlantiriladi, adabiy ta’lim darajasi oshiriladi, o‘quvchilarning bilimlari chuqurlashtiriladi. Adabiyot o‘qituvchisi adabiyot dasturi asosida reja ishlab chiqadi va shunga asoslanib ish olib boradi.
2. Fakultativ mashg‘ulotlar sinfdagi asosiy darslar bilan sinfdan tashqari ishlar o‘rtasidagi birlikni saqlashga xizmat qiladi.
3. Fakultativ mashg‘ulot sinfdan tashqari olib boriladigan boshqa ishlarga nisbatan qat’iy yo‘nalishda bo‘ladi, unda adabiy ta’lim sifatini yaxshilash va rivojlantirish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi.
4. Fakultativ mashg‘ulotda o‘qituvchi o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini hisobga olgan holda, asosan, tadqiqot usulidan foydalanadi. Bu usulning qo‘llanishi o‘quvchilarni izlanishga, mustaqil o‘qish va o‘rganishga, o‘rgangan bilimlarini esa jamoaga ma’lum qilish va o‘rgatishga odatlanadilar. Ularda tadqiqotchilik ko‘nikmasi shakllantiriladi.
5. Fakultativ mashg‘ulotlar asosan amaliy ishlar, ya’ni o‘tilganlarni takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish tarzida tashkil qilinadi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar kichik hajmdagi mustaqil ishlar, jumladan, referat, albom, maqola, insho yozishlari va ularni o‘zaro tahlilga tortishlari mumkin bo‘ladi.
6. Barcha ish turlarida, asosan, o‘quvchilarning ishni mustaqil bajarishlari va mustaqil fikrlashlariga e’tibor beriladi.
7. Fakultativ mashg‘ulotga qatnashuvchilarning bilimi sinf mashg‘ulotidagi kabi baholanmaydi. O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan berilgan samimiy qutlov, tabrik so‘zlari, tayyorlangan ishga bo‘lgan jamoaning qiziqishi o‘quvchining bahosi hisoblanadi.
8. Fakultativ mashg‘ulot majburiy emas, ixtiyoriy ta’lim shakli bo‘lganligi sababli, ta’lim muassasasida qaysi fandan fakultativ mashg‘ulot o‘tkazilishini pedagogik kengash va metodik birlashma qaroriga muvofiq belgilanadi.
9. Fakultativ mashg‘ulotda ham innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning qiziqishlarini o‘stirib, faollashtiradi, maktabdan tashqari jarayonda ham o‘z ustida ishlashga, mustaqil harakatlanishga majbur qiladi.
10. Fakultativ mashg‘ulotlarning natijasi o‘laroq, o‘z va o‘zgalar ishiga tanqidiy nazar bilan qaray oladigan, yutuq va kamchiliklarini o‘rnida dadil ayta oladigan, qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar san’at asariga loqayd qaramaydigan, undan o‘ziga nimadir yuqtiradigan kitobxon, barkamol avlod tarbiyalanadi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish