BMIning maqsad va vazifalari.
Malakaviy bitiruv ishidan ko‗zlangan
maqsad o‗quvchilarga grammatik tushunchalarni o‗rgatish. Shu jarayonda
sintaksisga oid bilimlarni gap va uning bo‗laklari tushunchasini, bosh va ikkinchi
darajali bo‗laklarni o‗rgatish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq
qilishdan iborat. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun BMI oldiga quyidagi
vazifalar qo‗yildi:
– o‗zbеk tili sintaksisida gap bo‗laklarining shakliy tuzilishini o‗rganib
chiqish;
– o‗zbеk tili sintaksisida gap bo‗laklarining mazmuniy tuzilishini tahlil
qilish;
– o‗zbеk tili gap qurilishida bosh bo‗laklarning o‗rni va o‗rganilishini tahlil
qilish;
3
Karimov I.A. ―O
‘
zbеkistonning o
‘
z istiqlol va taraqqiyot yo
‘
li‖. – T.: O
‘
zbеkiston, 1992.
5
– ona tili darslarida gap bo‗laklari hamda gap va uning turlarini o‗rgatish
usullarini ishlab chiqish.
Mavzuning o„rganilishi.
Sintaksisning nazariy asoslari G‗.A.Abdurahmonov,
Sh.Sh.Shoabdurahmonov,
A.A.Xojiyеvlar
tomonidan
ishlab
chiqilgan
4
.
Keyinchalik bu tadqiqotlar N.Mahmudov, A.Nurmonovlar tomonidan davom
ettirildi
5
. Sintaksisni nazariy planda batafsil o‗rgangan olimlardan yana biri B
O‗rinboyevdir
6
.
Shuningdek, M.Omilxonovaning ―Maktabda sodda gap
sintaksisini o‗rgatish
7
‖, ―Maktabda ona tili sintaksisini o‗rgatish‖ nomli metodik
qo‗llanmalarida
8
nazariy qonun-qoidalarni o‗quvchilar ongiga singdirish,
bilimlarni mustahkamlash, shu jarayonda gapning intonatsion xususiyatlari ustida
ishlash, yoshlarning tafakkurini o‗stirish masalalari atroflicha bayon etilgan.
Mazkur qo‗llanmalarda gapning ikkinchi darajali bo‗laklarini o‗rgatish metodikasi
ham ancha keng ilmiy-nazariy tadqiq qilingan. Ammo bu kabi qo‗llanmalarda
akademik litseylarda gapning ikkinchi darajali bo‗laklarini o‗rganishning o‗ziga
xos xususiyatlari borasida ma‘lumotlar uchramaydi.
Chunki akademik litseylar ta‘lim sohasidagi yangi hodisa bo‗lib, bu boradagi
ilmiy-pedagogik muammolar o‗zining munosib yechimi, mukammal tadqiqotlari
va ijrochisini kutib turibdi. To‗g‗ri, oliy ta‘lim muassasalari filologiya
fakultetlarining ―O‗zbek tili o‗qitish metodikasi‖, akademik litseylarning ―Hozirgi
o‗zbek adabiy tili‖ fanlari uchun yaratilayotgan darslik va qo‗llanmalarda mazkur
muammoga bir qadar munosabat bildirilgan.
Mazkur masalaning o‗qitish bilan bog‗liq metodik jihatlari kompleks tahlil
qilingan emas.
4
Абдураҳмонов Ғ., ва б. Ўзбек тили грамматикаси. II қисм, Синтаксис. – Тошкент: Фан нашриёти, 1976.
5
Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи нашриёти, 1995.
6
Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тили сўз бирикмаси ва содда гап синтаксисидан маърузалар. – Тошкент,
1990.
7
Омилхонова М. Мактабда содда гап синтаксисини ўргатиш.– Тошкент: Ўқитувчи, 1977.
8
Omilxonova M. Maktabda ona tili sintaksisini o‗rganish. – Toshkent: O‗qituvchi, 1991.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |