3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Davrimizning hayotiy
ehtiyojlari maktablarda
ta‘lim-tarbiya ishlari darajasini yuqori bosqichga kо‗tarishni, har tomonlama puxta
bilim olgan, fan va texnika asoslari bilan qurollangan kelajak avlodni tarbiyalab
voyaga yetkazishni talab qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ―Bizning
vazifamiz – to‗plangan tajriba va ilg‗or xalqaro amaliyotga suyangan holda,
o‗zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat‘iy
amalga oshirishdan
iborat. Shu borada yaqin va o‗rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun
qat'iyat bilan harakat qilishimiz zarur‖
1
deb ta‘kidlaganlari bejiz emas. Negaki,
taraqqiyotga erishishda mamlakat jtimoiy tizmining barcha sohalari faol
bo‘lmoqliklari shart.
Umumta‘lim maktablarining asosiy vazifasi о‗quvchilarning fikrlash
salohiyatini,
aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini о‗stirish; ularni о‗z-о‗zini,
moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda о‗z fikri va
his-tuyg‗ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olish, ma‘lum
fanlar yuzasidan turli bilim va malakalarni hosil qilish, tо‗la
savodxonlikni
ta‘minlash, ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat
2
. Bu vazifani
amalga oshirishda о‗qituvchi hal qiluvchi rol о‗ynaydi. Biroq о‗quvchilarni ongli,
yuksak saviyali, g‗oyaviy siyosiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda о‗qituvchining
bilimi yoki undagi tо‗plangan tajribaning о‗zi yetarli emas. Jamiyat hayotida ro‗y
bеrgan tub o‗zgarishlar barcha sohalar kabi ilmu fanning tubdan o‗zgarishi,
yangicha rivoj topishiga sabab bo‗ldi.
O‗zbеkistonning o‗z istiqloliga erishishi o‗zbеk til-shunosligining rivoji va
uning taraqqiyoti yo‗llarini bеlgilab bеrishda, o‗rganishda yangi davr ochdi.
Birinchi prеzidеntimiz Islom Karimov ―Har qaysi davlat, har qaysi
millat nafaqat
yеr osti va yеr usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati
1
Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: ―O‗zbekiston‖
NMIU, 2016.
2
Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандарти ва ўқув дастури//ЎзР Халқ таълими вазирлигининг
ахборотномаси. №1. – Тошкент. 47-бет.
4
bilan, birinchi navbatda o‗zining yuksak madaniyati va ma‘naviyati bilan
kuchlidir
3
‖, – dеgan edilar.
Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‗lidagi
birinchi qadamlaridanoq,
buyuk ma‘naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish millat ta‘lim-tarbiya
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari
bilan yo‗nalashtirish asosida jahon andozalari va ko‗nikmalari darajasiga chiqarish
maqsadiga katta ahamiyat bеrib kеlinmoqda.
Bizning tanlagan malakaviy bitiruv ishimizning mazmuni ham yuqoridagi
fikrlarga asoslanib ona tili ta‘limida sintaksisni o‗rgatish
usullarini ishlab
chiqishdan iborat.
Har qanday muloqotning asosida to‗g‗ri tuzilgan nutq yotadi. Nutqni to‗g‗ri
tuzish uchun uchun esa o‗quvchilardan ma‘lum bilim, ko‗nikma va malakalar talab
etiladi. Nutq ishtirokchilarining to‗gri nutq tuzish malakalarini quyi sinflardan
shakllantira borish lozim, bu jarayonda sintaksisning o‗rni katta albatta.
Chunki
fikr ifodalovchi birlik bu gap hisoblanadi. Gap esa, albatta, gap bo‗laklaridan
tuziladi. Gap bo‗laklarini to‗g‗ri ishlata bilish muammosi bugungi ona tili
ta‘limining diqqat qaratilishi lozim masalalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: