Boburning birinchi ayoli Oyishabegimga esa e’tirozim ko‘p. To‘g‘ri u ayol kishi. Lekin unda sabr yo‘q, nimjon va tez kasal bo‘ladi. Uning obrazi xorg‘in va juda ham bir odamni bezdiruvchi. Qachon qarasang kasal.Boburga hech mos emas Oyishabegim. Hatto u Boburning ayoli bo‘la turib ham sodiq, vafodor bo‘la olmadi. U Boburning mag‘lubiyatlariga, yo‘lda sargardon yurishiga sabr qila olmadi. U o‘zi Boburga ajrashishni aytdi. Keyinchalik esa Shayboniyxon qo‘lidagi bekka nikohlandi. Oyishabegim obrazida Robiya yoki Xonzodabegimdagi hislatlar hech ko‘rinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |