O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tilshunoslik o’quv-uslubiy majmua


Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati



Download 3,55 Mb.
bet3/53
Sana08.06.2022
Hajmi3,55 Mb.
#644806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
2 5287524570134222818

Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati. Til belgilari xususidagi fikrlarda, yuqorida qayd etilganidek, F. de Sossyur, asosan, morfemalarni va so‘zlarni e’tiborga oladi va ularni belgi deb talqin etadi. Bugungi tilshunoslikda so‘z birikmalari va hatto gap ham belgi deb tan olinmoqda [V.G.Gak,1989: 46]. Buning asosiy sababi ularning ikki jihatga – mazmuniy va shakliy yaxlitlikka ega bo‘lishidir. Shuning uchun fonemalarni til belgilari jumlasiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki ularda shakliy butunlik, nutq tovushiga xoslik mavjud, xolos. Fonemalar, shunday bo‘lishiga qaramay, til belgilarining xom ashyosi sanaladi.
Belgi tanlash masalasi ham salmoqli mavqega egadir. Bu haqda F.de Sossyur muhim ilmiy ahamiyatga molik fikr bildiradi. Uning fikriga ko‘ra, belgi tanlash erkin bo‘lib, u har bir xususiy sistemaning ichki qonun-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Biroq buni nisbiy tushunmoq lozim. Chunki har qanday belgi ham til sistemasining faol a’zosiga aylangach, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi va natijada erkinlik tushunchasi kun tartibidan tushiriladi. Til belgilari sistemani tashkil etar ekan, ular tilning ijtimoiyligi uchun faol xizmat qiladi. Biroq, belgi tildan nutqqa ko‘chirilgach, unda xususiylik alomatlari vujudga kela boshlaydi. Chunki nutq o‘z mohiyatiga ko‘ra xususiydir. Shuning uchun biz til bilan nutqni F. de Sossyur dixotomiyasiga ko‘ra birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib o‘rganamiz. Mazkur qarama-qarshilik ular o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik, virtuallik va aktuallik, statiklik va dinamiklik kabi farqlarda aniq ko‘zga tashlanadi. Demak, til bilan nutq bir-biriga asosli ravishda suyansa ham, ular mushtarak hodisalar emas. Lekin til bilan nutq o‘rtasida uzviylik mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi, zotan, til nutq uchun darkor bo‘lsa, nutq ham, o‘z navbatida, til uchun zarurdir. Nutq materiali til hisoblanadi, tilning esa qo‘llanish ob’ekti nutqdir.
Tilning semiotik tabiatini o‘rganadigan fan semiotika deb nomlanadi. Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni, hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati kabilarni o‘rganadi. Semiotikada ikki turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar – priznaklar) va sun’iy belgilar (yoki belgilar – informatorlar) [R.Rasulov, 2017: 186]. Semiotikada belgi va tushunchalar munosabatlari o‘rganiladi. Matndagi belgilar sistemasi tilning semiotik tabiatini taqozo etadi. Belgilar tabiiy va sun’iy belgilarga bo‘linadi. Tabiiy belgilarga telefonlarimizga SMS kelganda chalinadigan gudoklar, yomg‘ir yoki qor yog‘ishidan oldin osmonga to‘plangan quyuq bulutlar kiradi. Bu belgilar ongimizda ma’lum tushunchalarni uyg‘otadi.
Sun’iy belgilar shartli belgilardir. Shartli belgilar axborot almashinuvga xizmat qiladi. Kommunikativ belgi sifatida til belgilari hisoblanadi. Sun’iy belgilar so‘z, gaplar kabi kommunikativ ma’no ifodalaydi. Tilni tafakkur va jamiyat bilan bog‘laydi.
Signallar, belgilar, mimika kabi yordamchi aloqa vositalari qo‘llanish doirasining chegaralanganligi bilan tildan farq qiladi. Til jamiyat faoliyatining hamma sohasida eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi [N.Uluqov, 2016:16]. Professor N.Uluqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, semiotik vositalar, signallar, belgilar, mimika kabilar yordamchi aloqa vositalari hisoblanadi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish