Amaliy va seminar mashg‘ulоtni bajarish bo‘yicha yagona nazorat(og‘zaki so‘rov) jarayonida talaba quyidagi mеzon asosida baholanadi: “A’lо” - 9-10 ball bilan baholanadi: - amaliy va seminar mashg‘ulоtda faol qatnashsa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt mavzusining maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa;
- bayonda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qoyilmasa;
- mavzu materialining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
- mavzu doirasida mustaqil mushohada yuritish, ijodiy fikrjash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan 2 savolga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt konspekti puxta tayyorlangan bo‘lsa;
- o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa;
- mavzuni yoritishda internet tarmog‘idan olingan ma`lumotlarga murojaat qilingan bo‘lsa;
- axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanishni bilsa.
“Yaхshi” - 7-8 ball bilan baholanadi: - amaliy va seminar mashg‘ulоtda yaxshi qatnashsa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt mavzusining maqsadi va mazmunini yaxshi yorita olsa;
- bayonda ilmiy xatolik va mantiqiy chalkashliklarga deyarli yo‘l qoyilmasa;
- mavzu materialining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lsa;
- mavzu doirasida o‘z tasavvurlari va bilimlarini bayon qila olsa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt konspekti yaxsi tayyorlangan bo‘lsa;
- o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni qisman o‘zlashtirgan bo‘lsa;
- mavzuni yoritishda internet tarmog‘idan olingan ma`lumotlarga murojaat qilingan bo‘lsa;
- axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ulardan qisman foydalanishni bilsa;
- tinglovchilar bergan 3 savoldan 2 tasiga to‘liq javob bera olsa.
“Qоniqarli” - 6 ball bilan baholanadi: - amaliy va seminar mashg‘ulоtda faol qatnashmasa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt mavzusining maqsadi va mazmunini yaxshi yorita olmasa;
- bayonda ilmiylik saqlanmasdan, ayrim ilmiy xatolik va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qoyilsa;
- mavzu materialining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida ma`lum ma`noda tasavvurga ega bo‘lsa;
- mavzu doirasida o‘z tasavvurlari va bilimlarini bayon qila olsa;
- berilgan 3 savoldan 1 tasigasa to‘liq javob bera olsa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt konspekti puxta tayyorlanmagan bo‘lsa;
- o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirmagan bo‘lsa;
- mavzuni yoritishda internet tarmog‘idan olingan ma`lumotlarga murojaat qilingan bo‘lmasa;
- axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish malakasi kam bo‘lsa;
“Qоniqarsiz” - 3-4-5 ball bilan baholanadi: - amaliy va seminar mashg‘ulоtda faol qatnashmasa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt mavzusining maqsadi va mazmunini yetarli yorita olmasa;
- bayonda ilmiylik va mantiqiylik saqlanmay, ko‘p ilmiy xato va mantiqiy chalkashlikga yo‘l qoyilsa;
- mavzu materialining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘lmasa;
- mavzu doirasida o‘z tasavvurlari va bilimlarini bayon qila olmasa;
- amaliy va seminar mashg‘ulоt konspekti tayyorlanmagan bo‘lsa;
- o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirmagan bo‘lsa;
- mavzuni yoritishda internet tarmog‘idan olingan ma`lumotlarga murojaat qilingan bo‘lmasa;
- axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish malakasi bo‘lmasa;
- tinglovchilar bergan 3 savoldan 1 tasigasa qoniqarli javob bera olsa;