O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan



Download 4,49 Mb.
bet42/94
Sana01.12.2022
Hajmi4,49 Mb.
#876254
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Bog'liq
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘ll

Topshiriq. Oliy ta’lim muassasasi buyrug’ining matnini tayyorlash. Farmoyish hujjatlarida qo’llaniladigan tayanch so’zlarni yozish.
TESTLAR
1.Tashkilot yoki uning tarkibiy bo’linmalari, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilish tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat nima deyiladi?
A) tavsiyanoma
B) Nizom
C) Guvohnoma
D) Shartnoma
2. Turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlar hamda ular qabul qilgan qarorlarni aniq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat… deyiladi?
a) Farmoyish
B) Qaror
C) Bayonnoma
D) Bildirishnoma
3. Rasmiy uslubga xos xususiyat ?
A) So'z va atamalarni ko'proq qo'llash
B) Buyruq shaklli so'zlarni qo'llash
C) Eskirgan so'zlarni qo'llash
D) Neologizmlarni qo'llash
4. Ommabop uslubga xos xususiyat ?
A) So'z va atamalarni ko'proq qo'llash
B) Buyruq shaklli so'zlarni qo'llash
C) Eskirgan so'zlarni qo'llash
D) Tantanavor so'zlarni qo'llash
5. So'zlashuv uslubiga xos xususiyat ?
A) Shevaga oid so'zlarni qo'llash
B) qisqargan so'z va gaplarni qo'llash
C) Qarg'ish so'zlarni qo'llash
D) barchasi



  1. mavzu. Ma'lumot-axborot hujjatlari va ularning turlari.

Tayanch so’z va iboralar: ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi, ma’lumot-axborot turlari, tarjimayi hol, bildirgi, tavsifnoma.
SAVOLLAR
1. Tavsifnoma nima va u qanday tuziladi?
2. Tavsiyanoma nima va u qanday tuziladi?
3. Tarjimai hol qanday yoziladi?

  1. Tavsifnoma va tavsiyanomaning farqi nimada?

Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko’p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, tarjimai hol, bildirgi, tavsifnoma…


Tarjimai hol ma'lum bir shaxs tomonidan o`z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo`lishi shart.


Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari :



  1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol).




  1. Matn :




  1. muallif familiyasi, ismi va otasining ismi ;




  1. tug`ilgan yil, kun, oy va tug`ilgan joyi ;




  1. millati, ijtimoiy kеlib chiqishi ;




  1. ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);




  1. ma'lumoti (qaеrda, qanday o`quv yurtini tugatganligi va ma'lumotiga ko`ra mutaxassisligi );



е) ish faoliyatining turlari ;


yo) oxirgi ish joyi va lavozimi ;



  1. mukofot va rag`batlantirishlar ;




  1. jamoat ishlarida ishtiroki ;




  1. oilaviy ahvoli va oila a'zolari ;




  1. pasport ma'lumotlari ;




  1. turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.



3. Sana.


4. Imzo.


Tarjimayi hol oddiy qog`ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o`qishga kirishda maxsus bosma ish qog`ozlariga qo`lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo`lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.


Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko`rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo`li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo`lsin.
Tavsifnoma ma'lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk, uning o`ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.


Tavsifnoma muassasa ma'muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo`lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o`quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) bеriladi.


Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko`rsatib o`tiladi.


Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:



  1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar: a) ismi, otasining ismi va familiyasi ;



b) tug`ilgan yili ; v) millati ;


g) partiyaviyligi ; d) ma'lumoti ;


е) lavozimi ;


yo) ilmiy darajasi va unvoni.



  1. Hujjat nomi (Tavsifnoma).




  1. Matn.




  1. Imzolar.




  1. Sana.




  1. Muhr.

Tavsifnoma matnini o`zaro mantiqan bog`langan uch tarkibiy qismga ajratib ko`rsatish mumkin.


Birinchi qismda shaxsning mеhnat faoliyati, ya'ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o`zgarishlar va boshqalar haqida ma'lumot bеriladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo`yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba'zida siyrati, jamoa a'zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo`lganligi va boshqa asosiy rag`batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo`lish uchun kamchiligi ham ko`rsatilib, istak bildiriladi.


Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun bеrilayotganligi ko`rsatiladi.


Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mеhnatsеvar», «talabchan», «tashabbuskor», «tеzkor», «printsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig`ilishida tasdiqlangan bo`lsa shu yig`ilish
bayonnomasi raqami va sanasi havola bo`ladi. Qoidaga ko`ra tavsifnomaga ikki shaxs : muassasa (yoki bo`linma) boshlig`i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chеkadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Tavsifnoma xodimning qo`liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo`natiladi.


Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mavjud bo`lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o`zaro farqlanadi.



Download 4,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish