O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan



Download 4,49 Mb.
bet28/94
Sana01.12.2022
Hajmi4,49 Mb.
#876254
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘ll

Mashq va topshiriqlar
Topshiriq: Berilgan matnlarni o‘qing va “Nima uchun?” sxemasini to‘ldiring. Kitob haqida afsona
Naql qilishlaricha o‘tgan zamonda bir hukmdor vaziru ulamolarini chaqirib: “Dunyoda eng zo‘r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?” – deb savol beribdi. Birov “Dunyoda eng zo‘r narsa – qilich” desa, ikkinchisi, “Eng keraklisi – non”, debdi. Hamma narsadan xabar beruvchi narsa – “Oynai jahon”, deguvchilar ham topilibdi. – Uch kun muhlat beraman, – debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan darg‘azab bo‘lib. Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganidan vazirning xabari bor ekan. Vazir: “Podshohning savollariga shu donishmanddan boshqa hech bir kishi javob topa olmaydi”, – deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi. – Dunyoda eng kerakli narsa nima? – deb so‘rabdi donishmanddan podsho. – Kitob! – debdi donishmand hech ikkilanmay. – Kitob?! – ajablanibdi hukmdor. – Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob, – takrorlabdi so‘zini donishmand. – Inson uchun hayotda ikki narsa eng mo‘tabar va aziz. Bu – non bilan kitob. Shu boisdan ham non qanchalik mo‘tabar sanalsa, kitob ham shunchalik aziz. Non – rizq-ro‘z, dasturxon ko‘rki, hayot barakasi. O‘tmishdan hikoya qiluvchi tarix, bugunni aks ettiruvchi ko‘zgu, ertangi kunni aytib beruvchi mo‘jiza esa kitobdir. Poklanish, iymon butunligi, ruhiy boylik ham kitobdandir. Kitob insonning maslahatgo‘yi, doimiy hamrohidir. “Kitob ko‘rmagan odam nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u zimistondir”, – deydi donishmandlar. – Shahanshoh, donishmand bu savolingizga ham to‘g‘ri javob qildi, – deyishibdi saroy ahli. – Suvu quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu elatlar haqida xabar beruvchi ham, seningcha, kitobmi? – achchiqlanibdi hukmdor. – Ha, kitob, – dadil javob beribdi donishmand. – Dunyoni shundoqqina ko‘z oldingizga keltirib qo‘yadigan ham, hech ko‘rmagan va bir umr ko‘rolmaydigan kishilar hamda joylar bilan tanishtiradigan ham shu kitobdir. Mana meni olib ko‘ring. Men tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman. Ammo Marvdan Mashriqqacha, Yamandan Yasargacha yaxshi bilaman, desam maqtanmagan bo‘laman. yer yuzida jamiki odamzod bor – ularning hayoti, odatlari, rasm- rusumlaridan ozmi-ko‘pmi xabardorman. Men kitob o‘qishni yoqtiraman, chunki - Bunga ana shu kitob orqali erishganman. Qur'oni Karim, Hadisi sharifning mo‘jizasini aytmay qo‘ya qolaylik. Donishmandning bergan javobidan qoniqqan podsho: “Saroyimda qolib, bosh maslahatgo‘yim bo‘l”, – deb qanchalik yalinmasin, donishmand ko‘nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob xarid qilib, qishlog‘iga qaytibdi... Kitob bilan bog‘liq udumlardan namunalar. Kitobni oyoq bilan bosish qat'iyan ma’n etilgan, qattiqgunoh hisoblangan. Zeroki, kitobda ilm bor. Ilm esa favqulodda kuch-qudratga ega mo‘jiza.

Download 4,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish