O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan


-Mavzu:O‘zbek tilining leksik qatlamlari



Download 4,49 Mb.
bet12/94
Sana01.12.2022
Hajmi4,49 Mb.
#876254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Bog'liq
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘ll

4-Mavzu:O‘zbek tilining leksik qatlamlari.
Tayanch so‘z va iboralar: leksika, o’z qatlam, o’zlashgan qatlam.
SAVOLLAR

  1. O’zbek tili leksikasining boyish manbalarini ko’rsating?

  2. O’z qatlam haqida m’lumot bering?

  3. Qaysi tillardan o’tgan so’zlar o’zlashgan qatlamni tashkil etadi?

  4. Gul so’zining sof o’zbekcha variantini ayting?

  5. Nima uchun o’z qatlamga nisbatan o’zlashgan qatlam so’zlari faol hisoblanadi?

O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi turkiy urug‘ va qabilalardan o‘sib chiqqan, demak, uning tili ham shu urug‘ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g‘ullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o‘zbek- arab, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq, o‘zbek-qirg‘iz va o‘zbekturkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo‘lgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, hozirgi o‘zbek tilining lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam — o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.
O‘z qatlam — o‘zbek tili leksikasining umumturkiy so‘zlar va sof o‘zbek so‘zlaridan iborat qismlari.
Umumturkiy so‘zlar o‘zbek tili leksikasining eng qadimgi lug‘aviy birliklari – so‘zlaridirdir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o‘zb.) — bas (qoz., qoraq.) - bash (qirg‘., turkm.); til (o‘zb., qoz., qirg‘.) — dil (turkm., ozarb., gagauz.); tog‘ (o‘zb.)
too (qirg‘.) — tav, tau (qoraq., qoz.) — dag‘ (turkm., ozarb.) kabi.
Sof o‘zbek so‘zlari — o‘zbek tilining o‘zida yasalgan so‘zlar - leksemalar. Ular o‘z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor: semantik usul - ma’no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi so‘zlarning yuzaga kelishi: ko‘k («rang») — ko‘k («osmon»), yetti («son») — yetti («ma’raka nomi»), yupqa (sifat) - yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi; affiksatsiya usuli- Bunda o‘zak va affikslar turli til materiallari bo‘lishi mumkin, ammo ularning qo‘shilishi o‘zbek tili tarkibida yuz beradi, o‘zbek tilining so‘z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so‘zlar o‘zbek tilining o‘z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o‘zb.) —
boshla (o‘zb.), temir (umumturkiy) + «-chilik» (o‘zb.) — temirchilik (o‘zb.) Jang
(f-t.) + «-chi» (o‘zb.) —jangchi (o‘zb.), madaniyat (ar.) + «-li» (o‘zb.) — madaniyatli (o‘zb.), obuna (r-b.) + «~chi» (o‘zb.) — obunachi (o‘zb.), axta (mo‘g‘.) + «-chi» (o‘zb.) — axtachi (o‘zb.), «be-» (f-t.) + bosh (umumturkiy) —
bebosh (o‘zb.) + «-lik» (o‘zb.) — beboshlik (o‘zb.), bil (umumturkiy) + «-im» (o‘zb.) — bilim (o‘zb.) + «-don» (f-t.) — bilimdon (o‘zb.) kabi.
Sof o‘zbek so‘zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalmilal bo‘lganda, yasalmaning o‘zagi yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so‘z boshida ikkiuch undosh qatorlashishi mumkin: maorifchi, matbaachi, doirachi, saodatli, manfaatli, dramnavislik, drenajlanmoq, plakatbop, planbozlik.

Download 4,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish