Areal lingvistik kartalarning turlari
Areal lingvistik karta – lingvogeografik tadqiqot usulining asosiy nuqtasidir. Sinxronik tadqiqot natijasi hisoblangan lingvistik kartada til tarixining hamma davri o’z aksini topishi mumkin.
Lingvistik kartalar 2 xil metodga asoslanib tuziladi:
1. Lingvistik strukturani tadqiq qilish metodi.
2. Til landshaftini o’rganish metodi.
Bu hol kartalashtirish metodi bo’yicha va kartalashtirishning asosiy xarakterini hamda lingvistik yuklama bilan farqlanadigan kartalarning ikki xil asosiy tiplari tuzilishiga sabab bo’ladi. Ular quyidagilari:
1. Sintetik karta. Bu karta roman lingvogeografiyasida keng tarqalgan bo’lib, unda har bir punktdagi formalar kartaga bevosita yoziladi.
2. Analitik karta. Bu kartada shartli belgilar sistemasiga, simvollarga suyaniladi va bir-biridan farqlanadigan belgilarning kelib chiqishi taxmin qilinadi. Bu tip karta nemis shevashunosligi maktabiga xosdir.
Agar sintetik karta fonetik transkripsiya yoki traditsion orfografiyaga suyanib, faqat yozuv xarakteri bilan farqlansa, analitik kartaning esa grafik tuzilishi har xil bo’lishi mumkin.
Yoppasiga anketalashtirishda hamda qabul qilingan. shartli belgilar hajmining kichikligi bilan bunday karta, asosan, rangdorlik metodi – yaqqollikni saqlagan holda muhim areallarni va o’tuvchi zonalar xarakterini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi.
To’plangan materialning xarakteriga qarab kartalar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin:
Boshlang’ich yoki tayanch karta. Unda tablitsa materiallari ham muhim rol o’ynaydi.
Oraliq yoki yig’ma karta. Bu kartada bir tipli yoki chog’ishtiriladigan hodisalar yig’ilgan bo’ladi. Mazmuni va material joylashtirish prinsipi jihatidan tayanch karta ish bajarishi jihatidan sintetik yoki analitik bo’lgan holda faqat tematik bo’lishi mumkin.
Kartadagi lingvistik yuklama (nagruzka) xarakteri tilning territorial tarqalishi yoki taynch punktlarning siqiqligi bilan belgilanadi.
Tayanch tarmoq juda qalin bo’lsa hamma aholi punkti yoppasiga anketalashtirilishi ham mumkin.
Agar tayanch kartada kartalashtirishning sintetik yoki analitik metodlarini qo’llash mumkin bo’lsa, ochiq karta esa, faqat grafik imkoniyatlar bilan chegaralanadi va faqat analitik bo’lishi mumkin.
Oraliq karta ayrim umumlashtirishni ko’zda tutadi, bu uning grafik tuzilishida aks etadi. Izoglossalar yig’indisidan iborat bo’lgan karta faqat analitik darajada bo’lishi mumkin.
Ochiq karta (yoki yoppasiga anketalashtirishga yaqin karta) til landshaftining aniq tasvirini beradi.
Lingvistik kartalarning texnik belgilari, kartalashtirish usullari atlas tuzuvchilarning metodologik ko’rgazmalarisiz to’liq namoyon bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |