87. Qaysi qatordagi so‘zlar qadimgi turkiy tilda birikma shaklida bo‘lgan?
A) sakkiz, to‘qqiz; B) sakson, to‘qson; C) oltmish, yetmish; D) o‘n, yigirma
88. Quyidagi gaplardan qaysi biri tarkibida hozirda izofali birikmani tashkil etuvchi birikma mavjud?
A) Külär yuz isig sőz ülä näŋ tavar; B) Bularniŋ bilä sän qatïl ham qanïl; C) Türk bodun yoq bolmazun, — täyin; D) Ayur qïlqïm ersäl ïnanma meŋä.
89. Tägü, ašnu, otrü, taba, basa, üzü, tägrä, ara, azü, qaru ko‘makchilari qaysi davr tilida qo‘llangan?
A) qadimgi turkiy tilda; B) eski turkiy tilda; C) eski o‘zbek adabiy tilida; D) A,B
90. Qaysi qatorda jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘z chiqish kelishigiga o‘zgargan?
A) yaŋluq anï taŋlaşur; B) bularniŋ bilä sän qatïl ham qanïl; C) qarï őkϋz balduqa qőrqmas; D) aniŋ birla urushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |