Qiz o‘ylaydi: shunday oydinda
Ne sababdan yotishim darkorx (U.)
3) bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi keyingi gap oldingi gapning xulosasini, natijasini anglatadi. Bunday gaplar grammatik jihatdan natijada, oqibatda, toki, hatto kabi nisbiy so‘zlar bilan boglangan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi:
U ketmon uradi: yuzi, ko‘ziga,
Shohi ko‘ylagiga sachrar suyuq loy. (U.)
Kun bo‘ladi; marmar va zilol,
Ko‘rinadi poyoni yo‘q ko‘k. (H. O.)
4) bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi keyingi gap oldingi gapning sababini anglatadi. Bunday gaplar grammatik jihatdan chunki, negaki, sababki kabi bog‘lovchilar va nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi:
Bahodir deb atagil meni:
Hijroningga berdim-ku bardosh. (U.)
2.Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: bunda ikki nuqta sanaluvchi bo‘laklarga diqqatni jalb qilish, ta’-kidlash vazifasini bajaradi. Ikki nuqta qo‘yilgan joyda pauza uyushiq bo‘laklar orasidagiga nisbatan cho‘ziqroq bo‘ladi. Bunda umumlashtiruvchi so‘z ta’kidlash intonatsiyasi bilan aytiladi: Qo‘zg‘aldi butun xalq: ulug‘ rus, ukrain, o‘zbek, yaxudiy. (G‘. G‘.)
Ba’zan umumlashtiruvchi so‘z qo‘llanmaydi. Bunda yozuvchi sanaluvchi bo‘laklarni alohida ta’kidlash, unga diqqatni jalb qilish, nutqning ta’sirchanligini oshirish uchun uyushiq bo‘laklardan oldin ikki nuqta qo‘yadi. Ikki nuqtani bunday qo‘llash uslubiy jihatlar bilan ham bog‘liq: Bittayu bitta o‘g‘lim bor: yuvosh, mo‘min-qobil, odobli bola, uni hamisha so‘kkaning-so‘kkan, tiling kesilgur! (O.)
3.Muallif gapi bilan boshqarilgan sitata muallif gapidan so‘ng berilsa, undan oldin ikki nuqta qo‘yiladi. Sitata har vaqt qo‘shtirnoqqa olingan bo‘ladi: Shiypondagi shiorlar ko‘zimizga yalt etib ko‘rindi: «Mirzacho‘lni gullab-yashnab turgan vodiyga aylantiramiz!» (Gazetadan)
4.Muallif gapidan keyin keladigan ko‘chirma nutqni ta’kidlash uchun muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Keyin, qovog‘i soliq, erdan ko‘zini uzmay deydi:–«Domlam badjahl, uradi... (O.)
5.Quyidagi so‘zlardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi:
a) masalan, misol, chunonchi. Bunda bu so‘zlar o‘zidan keyingi gapning oldingi gap bilan munosabatda ekanligini, uning oldingi gapni isbotlovchi (to‘ldiruvchi) qism ekanligini ko‘rsatadi.
Agar bu so‘zlar yuqoridagidan boshqa vazifada qo‘llansa, ulardan so‘ng ikki nuqta qo‘yilmaydi: Sport ishlarida, masalan, futbolda, chaqqonlik muhim ahamiyatga ega. Bu misolda masalan so‘zi kirish so‘z (to‘g‘rirog‘i:! «aniqlovchi» so‘z) sifatida qo‘llangan, shuning uchun ikki tomondan vergul bilan ajratilgan.
b)qaror, reja, mavzu, maqsad, sabab, sababi so‘zlari yakka holda yoki ta’kidlaщ ma’nosida qo‘llanganda, ulardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. Bunda yuqoridagi so‘zlardan keyingi gaplar (qismlar) ularning ma’nosini izohlaydi:
R e j a:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
3.Xulosa.
6.Ikki nuqta raqamlar orasida qo‘llanganda quyidagi ma’nolarni bildiradi: a) nisbatlash ma’nosini: «Bunyodkor» – «Paxtakor» o‘yini 2 : 0 hisobida tugadi. Bunday vaqtda ikki nuqta -u (-yu) yuklamalari yoki va bog‘lovchisi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Qiyoslang: Uyin ikkiyu nol hisobida tu gadi; b) bo‘lish yoki bo‘linish ma’nosini: 6 : 2 (olti bo‘luv ikki yoki oltini ikkiga bo‘lish). Bunday qo‘llash, asosan, matematik matnlarda uchraydi.
7.Ba’zan ikki nuqta nutqni ixchamlash, uslubiy ravonlik uchun ishlatiladi. Bu holat matbuotda ko‘proq uchraydi: MDX: Do‘stligimiz abadiy! Toshkent – Ukraina: ulkan marralar sari. (Gazetadan)
Do'stlaringiz bilan baham: |