Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Son mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
2. Sonning qanday grammatik xususiyatlari mavjud?
3. Sonningqanday ma`no turlari bor?
Topshiriqlar
1- topshiriq:Uch, besh, yetti, o’n sonlarini avval miqdor son, keyin tarib son shaklida qo’llab, ular ishtirokida gaplar tuzing.
2- topshiriq:Gaplarni ko’chiring. Sonlarni gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1.Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Тopishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo’lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to’rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq, yaprog’ining bir yog’i qora, bir yog’i oq. (Тopishmoq)
3- topshiriq:Тartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1.Birinchi iyun – Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 2. Alisher Navoiy bir ming to’rt yuz qirq birinchi yil to’qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug’ildi. 3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan
Do'stlaringiz bilan baham: |