1.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid so’zlar yasaladi: ishchi, aqlli, ishla, yashirin. Olmosh, son va yordamchi so’zlar yasalmaydi.
2.So’zlarni qo’shib, juftlab so’z yasashda qo’shma va juft so’zlar yasaladi: qora+mol-qoramol, ko’z+oynak-ko’zoynak, idish – tovoq, apil – tapil, unda- bunda.
Birdan ortiq so’zning birikishidan yasalgan so’zlar qo’shma so’z deyiladi: choyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, himoya qildi, biroz, rahmdil. Ikkita so’zning juftlanishidan yasalgan so’zlar juft so’zlar deyiladi: birin – ketin, qovun – tarvuz, omon – eson.
Do'stlaringiz bilan baham: |