1.Frazeologik so`z (so`z ibora) – odatda bir so`zdan iborat bo`lib, bunda odamlarga qush, hayvon, o`simlik va kabilarga qiyosan nisbat beriladi, ya`ni odamlar ularga qiyoslanadi, masalan: tulki (odam), xameleon (odam), kungaboqar (odam), ilon (odam).
2.Frazeologik chatishma– so`z birikmasi tartibida ifodalanadi. Qo`llanayotgan so`zning bittasi o`z ma`nosida, ikkinchisi esa ko`chma ma`noda ishlatiladi. Masalan: oq bilak, ichi qora, niyati buzuq, ko`nglitoza.
3.Frazeologik qo`shilma – bunda ibora butun bir gap holida qo`llaniladi, lekin uning leksik o`z ma`nosidagi bir so`zga teng keladi. Masalan: boshi osmonga yetdi – xursand; ko`zi to`rt bo`ldi- uzoq kutdi; oyog`ini qo`liga olib yugurdi – tez yugurdi; qadamidan o`t chaqnaydi – dadil odam.
Tayanch so`zlar: sport, olimpiada, universiada, spartakiada, frazeologiya, ibora, chatishma, qo`shilma.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |