Muallif
1 - Mavzu: O’zbek tili –Davlat tili
Reja:
1.O`zbekiston – Vatanim manim.
2.O`zbekiston – ko`p millatli respublika.
3. O’zbekiston respublikasining geografik joylashuvi, bayrog’i, gerbi. madhiyasi.
4. “Davlat tili haqida”gi qonun.
5.“Davlat tili haqida”gi qonuning tarixiy va amaliy ahamiyati.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XARITASI
Yer maydoni –447 400 km²
Aholisi –33 085 200 kishi
Chegaradosh davlatlar –Qirg’iziston, Qozoqiston, Turkmaniston, Afg’oniston, Tojikiston.
Millatlar – o’zbek, rus, tojik, qirg’iz, totor, koreys, qozoq, turkman, ukrain, qoraqalpoq.
Ob-havo – qish, bahor, yoz, kuz.
BAYROQ
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Moviy rang-zangori osmon va musaffo suv
Oq rang-tinchlik va poklik timsoli
Yashil rang-serne’mat va orombaxsh tabiat ramzi
Qizil chiziqlar-har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch,hayot ramzi
GERB
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.
Нumo qushi-baxt va erksevarlik ramzi, rizq-ro’zimiz timsoli – bug’doy boshoqlari, bebaho boyligimiz – paxta, tog’lar va daryolar, quyosh, sakkizburchak yulduz va uning ichida yarimoy va yulduz.
MADHIYA
1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan.
Muallifi: Abdulla Oripov
Bastakor: Mutal Burxonov
Serquyosh, hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N A Q O R A T
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali,ona yurt tinchlik posboni’
Haqsevar, ona yurt,mangu bo’l obod!
N A Q O R A T
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
N A Q O R A T
1989-yil 21-oktabrda O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O`zbek tiliga O’zbekiston Respublikasining davlat tili huquqi berildi. Har yili o'zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan 21-oktabr sanasi o'zbek tili kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. O’zbekistonning 1991-yil 1-sentabrdan mustaqil davlat deb e’lon qilinishi bilan mazkur Qonunning davrdan ortda qolayotgan ayrim moddalarini qayta tahrir qilishga to’g’ri keldi. 1995-yil 21-dekabrda “Davlat tili haqidagi" qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur qonun 24 moddadan iborat. Uning 1-moddasida O’zbekiston respublikasining davlat tili o'zbek tili ekanligi ta’kidlangan.
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to’g'risida” qonun qabul qilindi. Mazkur qonunlarga binoan O’zbekiston respublikasidagi barcha o’rta umumta'im maktablari, litseylar, kollejlar, oily o’quv yurtlarida 2005-yil 1-sentabrdan davlat tilida yangi alifboda o’qish-o'qitish ishlari va ish qog’ozlari yuritishga to’liq o’tildi.
Mazkur qonunga binoan respublikamizdagi maktablar, litseylar, kollejlar, oily o'quv yurtlarining boshqa tillarda ta’lim-tarbiya olib boriladigan guruhlari o’quvchilari va talabalariga ham o’zbek tili chuqur o’rgatilmoqda. Korxonalarda ham ish yuritish davlat tilida,lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda olib borishga bosqichma-bosqich о’tilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |