2.Holatga taqlid bildirgan so’zlar: yalt-yult, apil-tapil, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, mult-mult, lop, dik-dik, lik-lik, xilp-xilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil.
Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi. Shamol g’Ir-g’ir (hol) esmoqda.
Modal so’zlar
So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi: Ehtimol, bugun yetib kelar.
Modal so’zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:
Ishonch:albatta, shubhasiz, darhaqiqat, haqiqatan, so’zsiz, tabiiy, tog’ri, xoynaxoy, o’z-o’zidan, haqiqatda, rostdan.
Gumon: ehtimol, shekilli, chamasi, menimcha, chog’I, aftidan, ajabmas, har holda, har qalay, balki.
Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
Do'stlaringiz bilan baham: |