Zamon shakllarining bir-biriga ko’chishi
1) o’tgan zamon –di bilan yasalgan shakli kelasi va hozirgi zamon ma’nolarida qo’llanadi: Hozir qayoqqa ham bordik.
2) –gan bilan yasalgan shakl hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi: Birov kitob o’qigan, kimlar shaxmat atrofida.
3) hozirgi zamon fe’lining kelasi zamon ma’nosida qo’llanishi ket, bor, yubor, boshla kabi fe’llar doirasida uchraydi: Bularni boshqa polkka yuboryapmiz.
4) hozirgi zamonning o’tgan zamon ma’nosida qo’llanishi ko’p uchraydigan holatdir: Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibti.
Tayanch so`zlar: Fe’l, zamon, o’tgan, hozirgi, uzoq yaqin, davom, kelasi, maqsad, gumon.
Do'stlaringiz bilan baham: |