Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar
Bo’lishli fe’llar-bajarilgan, bajarilyotgan, bajariladigan harakatni bildiradi: yozdi, yozyapti, yozmoqchi .
Bo’lishsiz fe’llar- fe’l negiziga –ma qo’shimchasini qo’shish, fe’llardan keyin emas, yo’q so’zlarini keltirish, fe’llardan oldin na inkor yuklamasini keltirish yoki ohang yordamida hosil qilinadi. Yozmadi,yozgan emas,yozgani yo’q. Na yozdi, na o’qidi. Boradi, boradi-ya (bormaydi)
O’timli va o’timsiz fe’llar
O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llardir:o’qidi (kitobni), yozadi (xatni).
O’timsizfe’llar esa tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi, o’tirdi, keldi.
Tayanch so`zlar: fe`l, ish–harakat, holat, bajaruvchi, shaxs, narsa,bo’lishli,bo’lishsiz,o’timli,o’timsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |