76
Maktab oshxonasi
Bu maktab oshxonasi. Oshxonamiz keng, yorug‘ va chiroyli. Biz
har kuni shu yerda ovqatlanamiz.
Oshpazimiz Adiba opa juda mazali taomlar tayyorlaydilar. No-
nushtaga
issiq somsa, tuxum va shirin choy bo‘ladi. Tushlikka
qovurdoq, palov, sho‘rva, mastava va
chuchvara kabi taomlar tay-
yorlanadi. Tanaffusda maktab oshxonasiga kirdik. Men qovurdoq
bilan choy oldim. Aziz palov bilan sharbat oldi.
Palov juda mazali
ekan.
«Keling, bilib olamiz!» daqiqasi tashkil qilinadi.
O‘zbek tilida predmetni xususiyatini bildiruvchi so‘z bilan ekan
to‘liqsiz fe’li birgalikda qo‘llanilsa, u shaxs,
predmetda u yoki bu
xususiyat borligini tasdiqlash ma’nosini beradi.
Masalan:
Issiq + ekan
Mazali + ekan
Shirmoy non issiq ekan. Palov juda mazali ekan.
8.Topshiriqlar.
Berilgan so‘zlardan foydalanib, so‘z birikmalari tuzing:
Oppoq, shirin, nordon, sovuq, achchiq,
foydali
Namuna: Maktab oshxonangizdagi dasturxonlar oppoq ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: