kutilmagan holda va qo„pol tarzda bajarilganini bildiradi.
36
Iboralarning qo„shma so„z va so„z birikmaridan farqini o„tish
metodikasi.
Iboralar bir necha so„zdan tashkil topgan birikma hisoblanib, tuzilishi jihatdan
qo„shma so„z yoki so„z birikmalariga o„xshaydi. Lekin iboralar qo„shma so„z
ham emas, so„z birikmasi ham emas, ulardan keskin farq qiluvchi ajralmas
birikmadir.
Qo„shma so„zlar ikkita mustaqil so„zning birikishidan hosil bo„lib, bitta
so„roqqa javob bo„ladi. Qo„shma so„zning qismlari shu birikuvda o„zining
ma‟nosini qisman yoki to„liq yo„qotadi. Ana shu yo„qolgan ma‟nolar evaziga
yangi ma‟no anglatadi. Masalan, belbog„, qo„lqop – qo„l ham emas, qop ham
emas, balki ana shu yo„qolgan ma‟nolar evaziga hosil bo„lgan uchinchi ma‟no –
buyumdir.
Iboralar ham xuddi shunga o„xshash bir necha so„zning birikishidan hosil
bo„lib, bitta so„roqqa javob bo„ladi. Lekin iboralar ko„chma ma‟noga egaligi bilan
qo„shma so„zdan farq qiladi. Qo„shma so„z esa ko„chma manoga ega bo„lmaydi.
Iboralar qo„shma so„zga nisbatan ta‟sirliroq, ifodaliroqdir. Masalan, bodomqovoq
– qo„shma so„z, nima? so„rog„iga javob bo„ladi, o„z ma‟nosida ; istarasi issiq –
ibora , qanday so„rog„iga javob bo„ladi, ko„chma ma‟noda. Bunda istarasi
so„zining ko„chma ma‟noda kelishi bilan ibora hosil bo„lmoqda.
Shuningdek, iboralar tuzilishi jihatidan so„z birikmasiga ham o„hxshab ketadi.
Lekin so„z birikmasining tarkibidagi so„zlar har biri mustaqil so„z bo„lib, tobe-
hokim munosabatiga ega bo„ladi va hokim so„zdan tobe so„zga so„roq beriladi.
So„z birikmasi nutq jarayonida hosil bo„ladi. Iboralar esa bitta so„roqqa javob
bo„ladi, nutq jarayoniga tayyor holda kirib keladi. Masalan, qizil qalam – so„z
birikmasi, qalam-hokim so„z, qizil-tobe so„z. So„roq hokim so„zdan tobe so„zga
beriladi. Qanday qalam?
Tili zahar – ibora , qanday ? so„rog„iga javob bo„ladi.
37
Misollardan ko„rinib turibdiki, so„z birikmasi o„z ma‟noli birikma bo„lib,
so„roq hokim so„zdan tobe so„zga qarab beriladi. Ibora ko„chma ma‟noli birikma
bo„lib, tarkibidagi hamma so„zlar bitta so„roqqa javob bo„ladi.
Demak, iboralar til birligi, so„z birikmasi esa nutq birligi hisoblanadi.
O„quvchilarga iboralarning qo„shma so„z va so„z birikmalaridan farqlashni
tushuntirish uchun darslikda keltirilgan quyidagi topshiriqqa murojaat qilamiz.
Topshiriqni o„qituvchi hamkorligida o„quvchilar bajaradilar.
Topshiriq. Berilgan misollarni so„z birikmalari, qo„shma so„zlar va iboralarga
ajrating: og„zi qulog„ida, og„zining chekkasi, otquloq, chap bermoq, burnidan ip
o„tkazmoq, ipning uzunligi, toshbaqa, temir yo„l.
Dastlab o„quvchilar berilgan misollarni ibora, so„z birikmalari va qo„shma
so„zlarga ajratib, keyin ularni izohlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: