O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

i, i, y, u, o‘. 
Tilning o‘rta ko‘tarilishidagi unlilar:    
e, ө, ŏ, o. 
Tilning past ko‘tarilishidagi unlilar:    
ә, ŏo, ə .
 4
 
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida 15 ta unli ajratilmoqda. 
Fonemalarni ajratishda fonologik muhim va nomuhim belgilari ajratish lozim. 
Artikulyatsion-akustik  tamoyil  fonema  variantlarini  belgilash  uchun  xizmat  qiladi. 
Variantlarning  akustik-artikulyatsion  belgilari  aniqlangandan  so‘ng,  bu  belgilar 
variantlarni 
muayyan 
umumiyliklarga 
birlashtirish 
uchun 
xizmat 
qiladi. 
Umumiylikka  birlashtirishda  artikulyatsion-akustik  birliklarning  vazifa  tomoni  bosh 
tamoyil bo‘lib xizmat qiladi. 
A.M.Shcherbak  turkiy  tillarda  uch  bosqichli  unlilar  sistemasi  haqida  fikr 
yuritar  ekan,  bunday  bosqichli  sistema  ham  aslida  ikki  bosqichli  sistemadan  kelib 
chiqqanligini ko‘rsatadi.
5
 
Yuqorida  keltirilgan  ozarbayjon,  qozoq,  o‘zbek  tillaridagi  yarim  keng  unli  e
bir tomondan keng unlilar bilan, ikkinchi tomondan esa tor unlilar bilan zidlanishga 
                                                                 
1
 Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва морфонологияси.  -Б.50-51.; Решетов В.В. Узбекский язык. I. Фонетика. 
Ташкент: Учпедгиз, 1959. -С.357.
 
2
 Миртожиев М.М. Ўзбек тили фонетикаси. Тошкент: Фан, 1991. –Б.20.
 
3
Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.5. 
 
4
 Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.20.
 
5
 Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. Л.: Наука, 1970. –30.
 


21 
 
kirishadi,  keng  unli  bilan  zidlanganda  tor,  tor  unli  bilan  zidlanganda  esa  keng 
hisoblanadi. 
Bu unlining turkiy tillarda paydo bo‘lishi va uch bosqichli unlilar sistemasining 
hosil bo‘lishi masalasi juda ko‘p turkologlar diqqatini tortgan. Bu masalaga birinchi 
marta  O‘rxun-Enasoy  yodgorliklarini  tadqiq  qilish  jarayonida  V.Tomsen  e’tiborini 
qaratgan.
1
 
Og‘izning  ochilish  darajasiga  ko‘ra  uch  bosqichli  unlilarning  kelib  chiqishi 
to‘g‘risidagi  turkologlarning  fikrlari  haqida  A.M.Shcherbak  batafsil  ma’lumot 
bergan.
2
 Shuning uchun bu yerda ularning hammasiga to‘xtalib o‘tirish ortiqcha deb 
o‘ylaymiz. A.M.Shcherbakning o‘zi yarim keng unli keng unlidan cho‘ziq - qisqalik 
zidlanishi asosida keyinchalik paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari suradi. 
Xullas, og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch bosqichli unlilar bir qator turkiy 
tillarda  uchraydi.  Lekin  shuni  ta’kidlash  kerakki,  nutq  jarayonida  bu  unlilar 
o‘rtasidagi differensial belgi mo‘’tadillashib, bir unli kabi talaffuz qilinishi mumkin. 
Bunday  xususiyat  turkiy  tillar  o‘rtasidagina  emas,  balki  bir  turkiy  tilning 
dialektal variantlari sifatida ham uchraydi. Masalan, o‘zbek tilida  dedim-didim, ikki-
ekki, qilgan edim-qi:gandm, achasi - echs va boshqalar. 
Oraliq  bosqich,  ya’ni  yarim  keng  unlilar  turkiy  tillar  tarixida  keyin  paydo 
bo‘lganligi  uchun,  tor  unlilar  bilan  keng  unlilar  bir-biriga  konkret  holda  (binar) 
zidlanadi.  Lekin  bu  zidlanish  ham  nutq  jarayonida  mo‘’tadillashuvi  mumkin. 
Masalan,  dadasi  -  dedici.  Bunday  a  -  i  variantli-ligi  ko‘proq  Namangan  shevasida 
so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida umlaut hodisasi asosida vujudga keladi. 
Shunday  qilib,  og‘izning  ochilish  darajasiga  ko‘ra  til  sathida  kenglik,  o‘rta 
kenglik,  torlik  farqlovchi  belgilari  asosida  unli  fonemalar  ajratilsa  ham,  lekin  nutq 
jarayonida bu belgilar mo‘’tadillashib (neytralizatsiya), o‘rta keng unli keng unlining 
ham, tor unlining ham; tor unli o‘rta keng unlining, o‘rta keng unli tor unlining; keng 
unli  tor  unlining,  tor  unli  keng  unlining  o‘rnida  qo‘llanib,  bir  fonemaning  pozitsion 
yoki dialektal varianti maqomida ham qo‘llanishi mumkin. 
Nutq  jarayonida  unlilar  artikulyatsion-akustik  tomondan  turli  variantlarda 
talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, til sathida og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch 
farqlovchi  belgi  fonologik  qimmatga  ega  bo‘ladi  va  unlilar  sistemasidan  o‘z 
qimmatiga ko‘ra joy oladi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish