O’zbek tili fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichi uchun
(umumta`lim maktablar)
5- sinf 2-variant
Ko`klam
Tog` etaklarida ko`m-ko`k maysalar uzra nafis gullar, turli hushbo`y giyohlarning hidlari anqiydi. Daraxtlar siyrak, onda-sonda pakana daraxtlar uchrab qoladi. Otlar balandlik, tepalikka intilib, oyoqlarini g`urur bilan chiroyli tashlaydi, boshlarini ko`rkam tutadi. Shu sayrdan, tabiatning go`zalligidan baxra olgan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko`zlarida hushnudlik ifodasini ko`raman. Naqadar go`zal jonivor bular. Sevaman, ko`ngildan, chindan sevaman otlarni!
(Oybek)(55 ta so`z)
Do'stlaringiz bilan baham: |