O`zbek tili fani o`qituvchisi
Tursunpulatova Guli Nodir qizining
“Sharof Rashidov hayoti va ijodi” mavzusidagi
ochiq dars ishlanmasi
Sinf: 11-“V”
Sana: 29.10. 2019
Darsning maqsadi:
Vatanni sevish, vatanparvarlik vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash: vatan taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shishga chaqirish, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo`lish; farzandlik va o`quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash;
O`quvchilarni o`zbek tilidagi gap va maqsadga ko`ra turlari, orfografik me’yorlari, buyruq-istak gaplar haqidagi bilimlarini takrorlash; Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o`qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish;
O`quvchilarning lug`at boyligini oshirish. Mustaqil ishlash ko`nikmasini o`stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish;
Darsning turi: mustahkamlovchi
Darsning usuli: savol-javob, “aqliy hujum”
Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, rasmlar, multimediya
Darsning borishi (Tashkiliy qism):
Salomlashish, o`quvchilar davomadini aniqlash, sinf tozaligiga qarash.
“Kun yangiligi” rukni asosida darsni davom ettirish.
O`tilganlarni mustahkamlash:
Gaplarning ifoda maqsadiga ko`ra turlari nechta va ularni sanang!
Gapning asosiy belgilari nimalar?
Mustaqil so`z turkumlarini ayting.
Sintaksis va morfologiya bo`limlarida nimalar o`rganiladi?
Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlarini ketma-ketlikda sanang.
“Boburnoma” qanday asar?
Uyga vazifalar so`rab baholanadi. O`qilgan badiiy asar tahlil qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
O`zbek xalqidan juda ko`p allomalar, jamoat arboblari yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan. Ana shu komil insonlar orasida XX asrda yashab ijod etgan yetuk bir shaxs alohida ajralib turadi. O`zining yorqin fazilatlari, iste’dodi, dunyoqarashi va odil rahbarligi bilan xalqning ko`nglidan joy olgan inson Sharof Rashidov edi. Jizzax tuprog`ida tug`ilib voyaga yetgan Sharof Rashidov nafaqat taniqli yozuvchi, balki 34 yil davomida respublikada hormay-tolmay rahbarlik qilgan taniqli davlat arbobi ham edi. bu inson respublikamizni boshqargan vaqtda juda ko`plab bunyodkorlik ishlari avj olgan edi. o`tgan asrning boshida Toshkentda 30ming aholi yashagan edi. asrmizning oxiriga kelib aholi 2mlndan ham oshib ketdi. AQSHning poytaxti Vashingtondan 4 baravar katta shaharga aylanib ketdi.1966-yilgi zilziladan so`ng chet el matbuoti Toshkentni qayta tiklash uchun yana to`rt yuz yil kerak deb yozgan edi. 4 yil ichida Toshkent ikki barobarga kattalashdi. Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish, Talabalar shaharchasi kabi yangi hududlar ochildi. Markaziy Osiyoda yagona metropolitien ishga tushirildi. Markaziy osiyoda eng baland teleminora ishga tushirildi, muzeylar ochildi va boshqa baland-baland binolar qad rostladi.
Lug`at ishi:
Bunyodkorlik - высотныездания
Osmono`par binolar - деятельность
Olamshumul - всемирный
Qad ko`tarmoq - выситься
Istirohat bog`I - парк
Darslik bilan ishlash. 1-topshiriq. Berilgan savollarga javob bergan holda o`zaro suhbatlashing.
1. XXasrdagi Toshkent bilan XXI asrdagi Toshkentni farqlarini aytib bering.
2. Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari haqida so`zlang.
3. Hozirda respublikamizda qanaqa o`zgarishlar ro`y bermoqda?
4. O`zingiz yashaydigan viloyat va shahardagi o`zgarishlar haqida so`zlab bering.
Uyga vazifa. Sharof Rashidovning “Kashmir qo`shig`i” dostonidan parcha o`qish.
Fan o`qituvchisi: Tursunpulatova Guli Nodir qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |