FANNING MAZMUNI
1.Kirish. Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi va vazifalari.
Folklor atamasining lug‘aviy ma’nosi haqida ma’lumot. Xalq og‘zaki ijodining
sinkretik- qorishiq san’at ekanligi. Folklorda xalq milliy ruhining aks etishi, u bilan
bog‘liq etnik tushunchalar haqida ma’lumot. Folklorga xos og‘zakilik, an’anaviylik,
ommaviylik, variantlilik, anonimlik kabi xususiyatlarning mohiyati.
2.
Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari, miflar , ularning
xususiyatlari.
Dunyoning paydo bo‘lishi va unga bo‘lgan ilk qarashlar. Eng qadimgi
ajdodlarning ilk badiiy tasavvurlari.Mif atamasining lug‘aviy ma’nosi. Dastlabki
inson tafakkurining miflardagi aksi. O‘zbek folkloridagi miflarning tasnifi.
Totemistik, animistik, kosmogonik miflar haqida ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |