O’zbek tili adabiyoti uslubiyoti kafedrasi


Avloniy – darsliklar muallifi



Download 1,56 Mb.
bet41/73
Sana01.05.2022
Hajmi1,56 Mb.
#601600
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Avloniy – darsliklar muallifi. Avloniy 1911 yilda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “Birinchi muallim”-“Alifbo” darsligini yaratdi.Unda 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada Alifning so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar”ga qo’shib bo’g’inlar hosil qilgan. “Ikkinchi muallim”da bolalarning axloq, odobiga doir halollik va poklikka oid turli she‘rlar , hikoya masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan. Kitob “Maktab” she‘ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta‘riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon !
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon !...
Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qo’llagan. Milliy kuylarga moslab she‘rlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi buyuk xizmatlaridan biri shu bo’ldiki, u mardikorlik she‘riyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan biri bo’ldi.1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi o’g’liga aytgan so’zlari”, “Onasining o’g’liga aytgan so’zlari”,”Afsus” kabi she‘rlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qrli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritadi. Bu she‘rlarning ohang va uslubi xalq qo’shiqlariga g’oyat yaqin bo’lib, ular xalqimizning milliy uyg’onishida muhim o’rin tutadi.
Axloqiy didaktik mavzudagi ”Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o’rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birichi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazardan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni an‘anaviy ikkiga - yaxshi va yomonga ajratadi. “Yaxshi xulqlar” deb nolangan birinchi qismida u 31 fazilat, “yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 illatga ta‘rif beriladi. Mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristtel,Sa‘diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, Vatan muhabbatini, uning uchun kurashmoqni eng insoniy xulqlardan hisoblaydi. Vatan – bu har bir kishining tug’ilib o’sgan joyi, yurti, mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq va yashartmoq kerak. “Tog’laridan konlar chiqar, Yerlaridan donlar chiqar...Havosi o’ta yoqimlik, Cho’llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Keksalari gulqand erur”, deya bolalarga ona diyorga katta mehr uyg’otishga erishadi. “Yomon xulqlar”ga esa g’azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqlarning belgilari deb biladi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining o’z xalqiga bo’lgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurg’on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur”.
Darslikdagi har bir bo’lim ta‘lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo’lib, ularning biri ikkinchisini to’ldiradi, takmillashtiradi. Har bir bo’limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she‘riy parchalarda yoki hikmatli so’zlarda «qissadan hissa” chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan. Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg’onchi chupon”, “Tulki ila qarg’a” kabi juda ko’p she‘rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga bag’ishlangan.”Maktab bolasi” she‘ri boshlang’ich sinf o’quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o’qishga muhabbat uyg’otishi umumiy yo’sinda bayon qilingan:
Yo’lga soldi til ila yo’ldoshin,
Maktabga moyil ayladi boshin.
Soldi o’rtog’ining so’zina quloq,
Bosdi ul ham o’quv yo’lina oyog’.
Ikkisi birga bo’ldilar mullo,
Chiqdi xatu savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga ” g’osini ilgari suradi.Avloniy o’zbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda «Turkiston” teatr gruppasini tuzdi. “Turkiston” o’zining qat‘iy nizomini ham e‘lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g’oyaviy –badiiy rahbari ham Avloniy edi. Teatrda “Zaharli hayot”(Hamza), “Baxtsiz kuyov”(A.Qodiriy) kabi o’zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirdi va o’zi rol ijro etdi. Avloniy «Advokatlik osonmi?”(1914), “Pinak”(1915) komediyalari, 1914-17 yillarda yozgan “Biz va Siz”,”Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeyaviy asarlari bilan o’zbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasiga tomir otishiga muhim hissa qo’shdi.Avloniy X!X asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o’zbek tiliga ugirdi,jumladan, I.A.Krilovning 21 ta masali, “Maymun ila ko’zoynak”,”G’ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo’lovchi”, “Qarg’a ila Zag’izg’on”, “Tulki ila Qarg’a” kabi asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqdi.



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish