6-sinf IV chorak
1. Hozirgi zamon fe`li qaysi qatorda berilgan?
A. ishlayman, o`sadi, o`qiysiz B. bormoqda, o`qimoqdaman, ishlamoqda
C. ko`rganman, yuborgansiz, chaqirgan D. yozibman, kelibsiz, ekibdi
2.Harakatning so`zlovchi tomonidan bajarilishini bildiradigan fe`l shakllari qaysi qatorda?
A. keldi, o`qidi, yozdi B. bording, sug`ording, olding
C. kutdim, ko`rdim, aytdik D. ishladingiz, unutdingiz
3. Qorong`ida dala aylanib, nimani ham ko`rdingiz? Bu gapda qaysi zamon ma`nosi ifodalangan?
A. o`tgan zamon B. hozirgi zamon C. kelasi zamon D. zamon ma’nosi ifodalanmagan.
4. Quyidagi gapda qaysi zamon ma’nosi ifodalangan? Bugun 62-poyezd bilan Buxoroga jo`nab ketyapman.
A. o`tgan B. hozirgi C. kelasi D. hozirgi va kelasi
5. Hozirgi zamon fe`lining qo`shimchasi to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang.
A. –moqchi emas B. edi, -yapti C. –yotir, -moqda, -yap D. -moqchi
6.Qaysi qo`shimchalar kelasi zamon shakllarini beradi?
A. –yap, -moqda B. –a, -yotir, -gan C. –b, -di, -gan D. –ar, -ay, -ajak,-moqchi
7. Bugun terimni boshlayapmiz. Gapda qaysi zamon ma`nosi ifodalangan?
A. o`tgan zamon B. hozirgi zamon C. kelasi zamon D. zamon ma`nosi ifodalanmagan
8. Bo’lishsiz fe`llar qaysi qatorda berilgan?
A. qiziqmoq, kiyinmoq, bajarmoq B.egallmoq, aytmoq, yozmoq
C.bormoqchi emas, ko’rgan emas, yirtmaydi D.ulug’lamoq,to’xtamoq,eslamoq
9.Qaysi qatorda fe’l hozirgi zamonni bildiradi?
A.yugurmoqda B.o’qib chiqibdi C. yig`lab yuboribdi D.kulib gapiribdi
10.Qaysi qo’shimcha kelasi zamonni gumon, taxmin yo’li bilan ifodalaydi?
A.-a B.-(a) yotib C.-(i)b D.(a)-r
11.Uni allaqachon bu hovlidan chiqarib yuborishgan edi. Fe’l qaysi zamonda kelgan?
A.o’tgan B.hozirgi C.kelasi zamon D.tog’ri javob yo’q
12. Besh olar qator-qator, Tirishqoq qiz . . . Nuqtalar o`rnini to`ldiring.
A. Salima B. Malika C. Halima D. Zarina
13. Endi uyda hamma vaqtni mendan so‘raydi. Dadamning o‘zlari ham vaqtni mendan so‘raydilar…
Berilgan parcha qaysi hikoyadan olingan?
A. ”Bobom aytgan rivoyat” B. ”Soat” C.”Ustunlar” D.”Bobo va nabira”
14. Qaysi gapda o‘tgan zamon davom fe’lining bo‘lishsiz shakli mavjud?
A. Oradan ko‘p o‘tmabdi. B. Bu kasallikka hеch kim dаvо tоpоlmаbdi.
C. Shahringiz juda o‘zgarib ketibdi. D. Osmоndа yulduzlаr ko‘rinmаsdi.
15. Yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Fe`l qaysi zamonda?
A. Hozirgi zamon B. O`tgan zamon C. Kelasi zamon D. Yaqin o`tgan zamon
16. O‘tgаn zаmоn hikоya fе’lining bo‘lishsiz shаkli qaysi javobda berilgan?
A. yozmabman B. yozmayapman C. yozmoqchi emas D.yozmaganman
17. Qaysi fe`llar ertаklаrdа, birоr vоqеаni hikоya qilib bеrishdа judа ko‘p qo‘llаnаdi?
A. Hozirgi zamon fe’llаri B. O‘tgаn zаmоn hikоya fе’llаri
C. Кеlаsi zаmоn fе’llаri D. O‘tgаn zаmоn davom fе’llаri
18. Ertalab oilamiz a’zolari bilan birga nonushta qilganmiz. Gapdagi fe`l zamonini aniqlang.
A. Uzoq o`tgan zamon B. O`tgan zamon C. Kelasi zamon D. Yaqin o`tgan zamon
19.Ulug’bek kim bo’lgan?
20. Sаidа, Mohira qaysi hikoya qahramonlari?
21. Olim bo`lib taratdi, El shonini jahonga. Qaysi she’rdan parcha, muallifi kim?
22. “Halima va Salima” she`ri muallifi kim?
23. -r(-ar) qo‘shimchasi hamda edi fe’lini qo‘shish orqali fe`lning qaysi zamoni hosil bo`ladi?
24. Kelasi zamon fe’li yasovchi qo`shimchalarni atang.
25.Ari va kabutar haqida qaysi hikoyada berilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |