O`zbek tili
5-sinf
Mavzu: Uy jihozlari (Rang,tus va maza-ta`mni bildiruvchi sifatlar)
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga uy jihozlari misolida sifatlar, rang-tus va maza- ta`mni bildiruvchi sifatlar haqida ma`lumot berish.
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni uy jihozlarini avaylab saqlashga, elektr va gaz jihozlaridan ehtiyotkorona foydalanishga o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Og`zaki va yozma nutqini o`stirish , lug`at boyligini oshirish.
Jihozlar va materiallar: Darslik, AKT,rangli tarqatmalar.
Asosiy tushuncha va atamalar:Uy jihozlari,ularning joylashishi,sifatlar ,rang -tus va maza-ta`m sifatlari
O`quvchilarning o`zlashtirishi kerak bo`lgan bilim , ko`nikma va malakalar:
Mavzu yuzasidan tayanch so`zlar mazmun-mohiyatini o`zlashtirish, sifat so`z turkumi ,sifatning rang -tus va maza-ta`m kabi ma`no turlari bilan tanishish.
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism – 2 daqiqa
O`tilgan darsni so`rash – 8 daqiqa
Yangi mavzu – 15daqiqa
Mustahkamlash – 10daqiqa
O`quvchilar bilimini baholash – 3 daqiqa
Uyga vazifa – 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
Salomlashish, sinfni nazorat qilish ,davomatni aniqlash. O`quvchilar faoliyatini dars topshiriqlariga yo`naltirish.
II.O`tilgan darsni so`rash
O`quvchilar 3 guruhga bo`linib , aniq o`tgan zamon fe`li ,uning shaxs va sonda tuslanishi , bo`lishsizlik shakli haqida o`quvchilarga savollar hamda gaplar beriladi.O`quvchilar berilgan gaplarni shartiga ko`ra tahlil qilishlari lozim bo`ladi.
1-guruh ushun
Aniq o`tgan zamon fe`li qaysi qo`shimchalar yordamida yasaladi?
Gapdagi aniq o`tgan zamon fe`li ,egalik va kelishik qo`shimchalarini toping.
Ta`til kunlari oyim bizni teatrga olib bordilar.
2-guruh ushun
Aniq o`tgan zamon fe`li ish-harakatning qachon bajarilganini bildiradi?
Gapni shaxs-sonda tuslang.
Men juda qiziq ertak o`qidim.
3-guruh ushun
Shaxs-son qo`shimchalari , tuslanish deganda nimani tushundingiz?
So`zlarni o`z o`rniga qo`yib,gap tuzing.
O`rgatmoq,ustozim,chizishni,menga,rasm.
I II.Yangi mavzu bayoni
1.Yangi mavzu “Aqliy hujum “ usuli bilan boshlanadi.
Slaydlar yordamida o`quvchilar uy jihozlari,ularning
joylashish o`rnini , rangini tasvirlab berishlari so`raladi.
1.Xonada qanday jihozlar bor?
2.Ularning rangi qanday?
3.Uy jihozlarining joylashish tartibini ayting.
O`quvchilar uy jihozlarining nomlarini ,rangini aytishadi.
M-n:Xona o`rtasida katta malla stol bor.
U ning atrofiga yashil va ko`k yumshoq o`rindiqlar qo`yilgan
Bilib oling!
Shaxs yoki narsalarning rang-tusini ifodalashda quyidagi so`zlar faol qo`llanadi: oq,qora, yashil, ko`k, sariq,qizil, jigarrang, kulrang kabi.
Kitobni ko`k javonga qo`ydim.
2.Slaydlarda maza-ta`mni bildiruvchi so`zlar beriladi,o`quvchilar ularga mos rasmlarni tanlashlari lozim.
M-n:Nordon-limon,mazali –o`rik
Bilib oling!
Shirin,mazali,totli,chuchuk,achchiq,nordon,sho`r
kabi so`zlar narsaning maza-ta`mini ifodalaydi.
M azali
S hirin shaftoli
Totli
O`quvchilar fikrlari umumlashtiriladi va xulosalanadi.
Shaxs yoki narsalarning belgisini bildiruvchi so`zlar sifat deyiladi.Sifatlar Qanday?Qanaqa?savollariga javob bo`ladi.Ular qanday belgini bildirayotganiga ko`ra bir nechta turlarga bo`linadi.Masalan, rang-tusni bildiruvchi sifatlar, maza-ta`mni bildiruvchi sifatlar va boshqalar.
IV.Mustahkamlash
1. O`quvchilar “Zanjir ” usulida rang-tus va maza-ta`mni ifodalovchi so`zlar qatnashtirib gap tuzishadi.
1-o`quvchi Onam bozordan sap-sariq limon olib keldilar.
2-o`quvchi Limonlar nordon bo`lsa ham choyga solib ichilsa, juda foydali.
2.Darslik bilan ishlash.
1-2-mashqlar berilishiga ko`ra slaydlardan foydalanilgan holda bajariladi.
To`g`ri talaffuz qiling.
mazali shirin oq yashil
lazzatli chuchuk qora ko`k
achchiq nordon sariq qizil
Berigan so`zlar o`quvchilarga navbatma-navbat oqitiladi va shu so`zlar ishtirokida gaplar tuziladi.
3-mashq.Ajratib berilgan so`zlarni ona tlingizga tarjima qiling.
mehmon- oq dasturxon –
shirin mevalr - mazali pishiriqlar-
mazali osh- ko`k choy-
4-mashq.Nuqtalar o`rniga maza-ta`mni bildiruvchi sifatlardan mosini qo`yib ko`chiring.
… …
… murabbo … olma
… …
V.Baholash.
VI .Uyga vazifa.
Bir-biringizni bayram bilan og`zaki tabriklang va istakka javob qaytarishga oid dialog tuzing.
O'zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Zarafshon shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli 4 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
O`zbek tili fani o`qituvchisi
Otayorova Hafiza Shomurodovnaning
5-sinf uchun "Uy jihozlari " mavzusida
tayyorlagan bir soatlik
dars ishlanmasi
Zarafshon
Do'stlaringiz bilan baham: |