O‘ZBEK TILI 11-sinf B variant
1.Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida davlatlarning suveren teng ligi, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi umume’tirof etilgan qoidalardan kelib chiqadi.Ushbu gap qaysi matndan olingan?
A). O‘zbekiston – suveren davlat B). O‘zbekistonning davlat tuzilishi
S).O’zbekiston Vatanim . D). Mustaqil Vatanimiz
2.So‘z birikmalarining tuzilishi qanday bo’ladi?
A). tobe so‘z, hokim so‘z B)faqat hokim so’z S). So‘z D). egalik, kelishik qo‘shimchalari
3.O’zbekiston necha mamlakat bilan diplomatic aloqalar o’rnatgan?
A).130 B).132 S).133 D).135
4. Ruboiy so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A). ikki qator she’r B. to’rtlik S).zavq bilan kuylamoq D).hikmatlar zanjiri
5.Alisher Navoiy necha yoshida she’r yoza boshlagan?
A).3-4 B).7-8 S).10-12 D).5-6
6.Gulni sevmas ayol bormi dunyoda. Ushbu gap gapning maqsadga ko’ra qaysi turiga kiradi?
A).Darak gap B).buyruq gap S).istak gap D).ritorik so’roq gap
7. Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.Bayt kimning qalamiga mansub?
A).A. Navoiy B).Z.M.Bobur S).Z.Diyor D).O.Machon
8.U 1530 yil 26-dekabrda Hindistonning Agra shahrida vafot etgan? Gap kim haqida?
A). Ibn Sino b).Alisher Navoiy S).Bobur D).Mirzo Ulug’bek
9.Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav’ bitay fi roqu g‘urbat sharhin –
Kim, ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.-ruboiy kimning qalamiga mansub?
A).A. Navoiy B).Z.M.Bobur S).Z.Diyor D).Zavqiy
10. Men bugun rasm chizaman. Qaysi qatorda gap bo’laklarga to’g’ri ajratilgan?
A) ega, hol, to’ldiruvchi, kesim S) ega, kesim, to’ldiruvchi, hol
B) hol, ega, to’ldiruvchi, kesim D) kesim, to’ldiruvchi, hol, ega
11.. Ega qanday so’roqqa javob bo’ladi?
A) kim? , nima?, qayer? S) kimning?, nimaning?qayerning?
B) qanday?, qanaqa?, qaysi? D) kimni?, nimani?, qayer?
12.Alisher Navoiyning “Chor devon” asari necha misradan iborat?
A) 51230 B) 45000 S) 46000 D) 47000
13..Matn qo’llanishiga ko’ra necha turli bo’ladi?
A).3 B). 4 S). 2 D).5
14. «Devonu lug‘otit turk» asarida turkiy xalqlarning o‘sha davrdagi lug‘ati
jamlangan.Bu buyuk asar muallifi kim? A).Yusuf Xos Hojib B).M.Qoshg’ariy S).A. Navoiy D).Z.M.Bobur
15. Dugonalar, bormisiz, omonmisiz,
Jam bo‘lishib, ochilib gulzormisiz.
Hech qanday kuch bizni хazon etolmas,
Bo‘ron, Xorud murodiga yetolmas.
Yov chekinar, ozod bo‘lur bog‘imiz,
Ozod bo‘lur, obod bo‘lur bog‘imiz.-she’rning nomi va muallifini toping?
A). “Kashmir qo‘shig‘i” Sh.Rashidov B).Z.M.Bobur “ Olam” S).Z.Diyor “Vatan
D).Zavqiy” Hindiston”
16. “Bu kunlarga yetganlar bor” , “Muqaddas ayol” she’riy to’plamlar muallifi kim?
A) Zulfiya B) H.Xudoyberdiyeva S) Oydin Hojiyeva D) Sh Rasulova
17. Nuqtalar o’rnini to’ldiring . …… ish yoki o’qish jarayonida shaxs tomonidan sodir etilgan ayrim intizombuzarlik holati va uning sababi ko’rsatilgan rasmiy ish qog’ozi hisoblanadi.
A) Ariza B) Tabriknoma S) Tushuntirish xati D) E’lon
18. Suvingni suvga solma,
Bargingdan g’am arisin. Qaysi she’rdan parcha?
A). “Majnuntol” H.Xudoyberdiyev B).Z.M.Bobur “ Olam” S).Z.Diyor “Vatan D).Zavqiy” Hindiston”
19.S Hakim “Davr farzandi” she’rini kimga atab yozgan?
A) Zulfiya B) H.Xudoyberdiyeva S) Oydin Hojiyeva D) Sh.Rashidov
20.”Ikki do’st haqida hikoyat” qaysi dostondan olingan?
A) “Hayrat ul-abror “ B) ”Layli-Majnun” S) “Farhod va Shirin D) “Sab’ayi sayyor”
21.Davom ettiring Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda ….
22. “Boburnoma” asari muallifi kim?
23.”Bibixonim” masjidi, “Go’ri Amir” maqbaralarini kim bunyod etgan?
24. Qora kuchlar gulistondan quvilsin,
Gullar bargi shabnam bilan yuvilsin. Qaysi she’rdan olingan parcha?
25. “Majnuntol” she’rini kim yozgan?
26. Ey, farzand , aqlli, farosatli va ilmu- hunarli kishilar bilan do’st bo’l, hunarsiz kishida xosiyat bo’lmaydi. Qaysi matndan olingan parcha.
27. Sh. Rashidovning 100 yilligi qachon nishonlandi?
28. Tarjimayi hol nechanchi shaxsda yoziladi?
29. Matn deb nimaga aytiladi?
30. “Xamsa” ning ikkinchi dostoni qanday ataladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |