Kurashchilar mashg`ulotlarini kuzatish.
O'ZBEKISTON SPORTCHILARINI XALQARO MIQIYOSIDAGI O'RNI
O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‗mitasi, Gimnastika federatsiyasi hamkorligida Xalqaro gimnastika federatsiyasi shafeligida tashkil etilgan turnirlarda ishtirok etish uchun O‗zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Belarus, Bolgariya, Malayziya, Ozarbayjon, Armaniston, Janubiy Afrika Respublikasi, Ispaniya, Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlardan eng kuchli gimnastikachilar kelgan.
O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti L.Karimova-Tillayeva xalqaro musobaqalarni ochiq deb e‘lon qildi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e‘tibor yuksak samaralar berayotgani alohida ta‘kidlandi. Bu jarayonda sportning qizlarga xos turlari, ayniqsa, badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, malakali murabbiylar tayyorlash, ularning faoliyatini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‗lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan g‗amxo‗rlik tufayli mamlakatimizda yangi iste‘dodlar, mahoratli sportchilar yetishib chiqmoqda, ular xalqaro maydonlarda O‗zbekiston shon-shavkatini yanada yuksaltirmoqda.
Gimnastika bilan shug‗ullanish insonning jismoniy go‗zalligini shakllantirish bilan birga, uning fe‘l-atvori, fazilatlarini rivojlantiradi, irodasini chiniqtiradi. O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi mamlakatimizda ushbu sportning barcha asosiy turlari – sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz ko‗magida iqtidorli sportchilarni aniqlashga yordam berayotgan mintaqaviy va respublika musobaqalari muntazam o‗tkazilayotir.
Mamlakatimizning barcha viloyatlarida gimnastika bilan shug‗ullanish uchun xalqaro talablarga to‗liq javob beradigan markazlar tashkil etildi, ularda har kuni minglab o‗g‗il-qizlar ushbu sport turi bilan muntazam shug‗ullanmoqda. Ularning eng iqtidorlilari gimnastika bo‗yicha o‗smirlar va milliy terma jamoalar safiga jalb etilmoqda. Nafaqat sport komplekslari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, balki umumta‘lim maktablarining sport zallari ham zamonaviy gimnastika inventarlari bilan jihozlangan.
Jahon tajribasi hisobga olingan holda, murabbiylar malakasini oshirishga katta e‘tibor berilmoqda. Bu borada istiqbolli ilmiy va tibbiy yangiliklarni o‗rganish, sportchilarni tayyorlash, sport uskunalarini ishlab chiqarish – bularning barchasi sportni yanada ommalashtirish, salomatlik omiliga aylantirishga xizmat qilayotir. O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi shu maqsadda Xalqaro gimnastika federatsiyasi va Osiyo gimnastika ittifoqi tomonidan o‗tkazilayotgan xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ilg‗or tajribani ommalashtirish uchun poytaxtimiz va viloyatlarda xalqaro hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar muntazam tashkil etilmoqda.
– O‗zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilishga katta e‘tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor, – deydi yaponiyalik murabbiya Oka Kurumi. – Barcha shahar va tumanlarda bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida qizlar sportning bir necha
Do'stlaringiz bilan baham: |