Oʻzbek sovet adabiyoting



Download 156,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2022
Hajmi156,41 Kb.
#418959
Bog'liq
Odil Yoqubov



Odil 
Yoqubov
— oʻzbek sovet 
adabiyoting 
yirik 
vakili, 
1926-
yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada 
tugʻilgan. 
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta 
koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy 
xizmatda 
boʻldi. 
1951–1956-yillar 
mobaynida Oʻrta 
Osiyo 
Davlat 
Universiteti (hozirgi Milliy 
universitet)da 
taʼlim 
olgan. „Literaturnaya 
gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha 
muxbiri, Oʻzbekiston 
yozuvchilari 
uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va 
boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan. 
Yoqubov 1985-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan. 
Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston 
Yozuvchilar uyushmasida adabiy 
maslahatchi (1955-59), „Literaturnaya 
gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959-63; 1967-70), „Oʻzbekfilm“ 
kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir 
(1963-67), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh 
muharrir oʻrinbosari (1970-82), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazeta bosh 
muharriri (1982-87), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi 
kotibi (1987-91), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1991 yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo 
xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi vitseprezidenti (1995 yildan). 
Dastlabki asari- „Tengdoshlar“ qissasi 1951 yilda eʼlon qilingan. „Dastlabki 
qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961) 
qissa va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas hislat 
sifatida tasvirlaydi. „Muqaddas“ qissasida (1960). Yozuvchining chinakam 
yozuvchiga xos uslubi va yoʻli namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga 


tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er 
boshiga ish tushsa…“ romani (1966) Ikkinchi jahon urushi davridagi front 
orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va 
mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“ 
(1970) qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan 
ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek 
xazinasi“ romani (1973) olim va hukmdor Ulugbek davridagi ijtimoiy 
munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi nur va zulmat oʻrtasidagi kurash haqidagi 
asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar koʻp, ammo optimistik ruh- inson 
tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982) 
romanida oʻrta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar 
Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq 
qushlar, oppoq qushlar“ (1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek 
xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy 
tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, 
harakterlari ham turlicha boʻlsada, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan 
birbirlariga oʻxshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni, fojialarni 
boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik 
poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov 
mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, harakterlar, 
psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi harakterlar, yangi badiiy 
xulosalar bilan boyitdi. Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim, 
aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi kerak“ (1958), „Olma gullaganda“ 
(1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“ (2000) kabi pyesalar, 
„Dilbarim“, „Baqor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. Yoqubov mohir 
tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, 
Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga 
bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, 
qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Yoqubov ijodi haqida 
adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, 
Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy 
tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata 
(1977), "Doʻstlik" (1994), "El-yurt 
hurmati" (1998) 
ordenlari 
bilan 
mukofotlangan.
[1]
 
O. Yoqubovning „Tengdoshlar“ nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan. 
Keyinchalik 
yozuvchi „Muqaddas“, „Tilla 
uzuk“, „Bir 
feleton 
qissasi“, „Larza“, „Qanot 
juft 
boʻladi“, „Matluba“, „Izlayman“, „Billur 
qandillar“ kabi pishiq qissalar eʼlon qildi. 


O. 
Yoqubovning
„Er 
boshiga 
ish 
tushsa...“, „Ulugʻbek 
xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat 
manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin 
boʻldi. 
O. 
Yoqubov 
qalamiga 
mansub „Chin 
muhabbat“, „Olma 
gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam 
dilim“, „Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri“, „Bir koshona sirlari“ kabi 
dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 156,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish