Odil
Yoqubov
— oʻzbek sovet
adabiyoting
yirik
vakili,
1926-
yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada
tugʻilgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta
koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy
xizmatda
boʻldi.
1951–1956-yillar
mobaynida Oʻrta
Osiyo
Davlat
Universiteti (hozirgi Milliy
universitet)da
taʼlim
olgan. „Literaturnaya
gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha
muxbiri, Oʻzbekiston
yozuvchilari
uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va
boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.
Yoqubov 1985-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston
Yozuvchilar uyushmasida adabiy
maslahatchi (1955-59), „Literaturnaya
gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959-63; 1967-70), „Oʻzbekfilm“
kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir
(1963-67), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh
muharrir oʻrinbosari (1970-82), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazeta bosh
muharriri (1982-87), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi
kotibi (1987-91), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1991 yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo
xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi vitseprezidenti (1995 yildan).
Dastlabki asari- „Tengdoshlar“ qissasi 1951 yilda eʼlon qilingan. „Dastlabki
qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961)
qissa va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas hislat
sifatida tasvirlaydi. „Muqaddas“ qissasida (1960). Yozuvchining chinakam
yozuvchiga xos uslubi va yoʻli namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga
tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er
boshiga ish tushsa…“ romani (1966) Ikkinchi jahon urushi davridagi front
orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va
mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“
(1970) qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan
ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek
xazinasi“ romani (1973) olim va hukmdor Ulugbek davridagi ijtimoiy
munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi nur va zulmat oʻrtasidagi kurash haqidagi
asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar koʻp, ammo optimistik ruh- inson
tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982)
romanida oʻrta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar
Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq
qushlar, oppoq qushlar“ (1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek
xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy
tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari,
harakterlari ham turlicha boʻlsada, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan
birbirlariga oʻxshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni, fojialarni
boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik
poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov
mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, harakterlar,
psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi harakterlar, yangi badiiy
xulosalar bilan boyitdi. Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim,
aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi kerak“ (1958), „Olma gullaganda“
(1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“ (2000) kabi pyesalar,
„Dilbarim“, „Baqor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. Yoqubov mohir
tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek,
Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga
bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek,
qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Yoqubov ijodi haqida
adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan,
Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy
tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata
(1977), "Doʻstlik" (1994), "El-yurt
hurmati" (1998)
ordenlari
bilan
mukofotlangan.
[1]
O. Yoqubovning „Tengdoshlar“ nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan.
Keyinchalik
yozuvchi „Muqaddas“, „Tilla
uzuk“, „Bir
feleton
qissasi“, „Larza“, „Qanot
juft
boʻladi“, „Matluba“, „Izlayman“, „Billur
qandillar“ kabi pishiq qissalar eʼlon qildi.
O.
Yoqubovning
„Er
boshiga
ish
tushsa...“, „Ulugʻbek
xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat
manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin
boʻldi.
O.
Yoqubov
qalamiga
mansub „Chin
muhabbat“, „Olma
gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam
dilim“, „Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri“, „Bir koshona sirlari“ kabi
dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |