O‘zbek she’riy matnlarida “Vatan” konsepti



Download 30,35 Kb.
bet2/3
Sana09.09.2021
Hajmi30,35 Kb.
#168902
1   2   3
Ключевые слова: Лингвокультурология, концепт, язык и культура, поэзия, компонентно-семантический метод.

Bugungi kunga kelib ilm-fan doirasida ham yangidan-yangi yo‘nalish hamda sohalar paydo bo‘lmoqda. O‘tgan asrning 90-yillarida alohida fan sifatida shakllangan “lingvokulturologiya” ham shular jumlasidandir. O‘z nomidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ushbu soha til va madaniyat kesishgan nuqtada paydo bo‘lgan. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ham fan dasturlariga kiritilgan ushbu fan talabalarga turli xil madaniy tushunchalarni lingvistik nuqta’i nazardan o‘rganish imkonini beradi.

Nafaqat boshqa millat vakillarining, balki o‘z madaniyatimizning ham biz bilmagan juda ko‘plab qirralari mavjudki, buni o‘rganmasdan oldin tasavvur qilish qiyin. Hattoki biz yetarlicha ma’lumotga egamiz deb hisoblovchi madaniy aspektlarning ham bizga noma’lum qirralarini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, “Konsept” tushunchasini mana shu qatorga kiritish mumkin. Bugunga qadar turli millat vakillari , shular qatori o‘zbek olimlari ham konsept tushunchasi ustida qator ilmiy izlanishlar olib borishgan.

Konsept lotin tilidagi conceptus – “tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qiladi.1

Barcha ilmiy atamalar qatori, konsept ham nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan va o‘rganib kelinmoqda. Yuqoridagi ta’rif lingvistik jihatdan, ya’ni so‘zning lug’aviy ma’nosiga asoslanib berilgan, bo‘lsa, boshqa izlanishlarda uning amaliy tomoniga e’tibor qaratilib, ma’lum bir so‘zlar bilan yoritib beriladi, malasan, non, tuz, va hakazo. Nazariyalar bir-birini inkor etmagan holda, bir-biridan farq qiladi. Hatto ba’zi hollarda “konsept” va “tushuncha” atamalari aynan bitta ma’noni anglatishi aytiladi. Biroq professor O‘tkir Yusupov fikri bilan aytganda : “ Konsept bilan tushunchani aysbergga o‘xshatish mumkin. Agar konsept aysberg bo‘lsa, uning suvdan chiqib turgan qismi tushunchadir ”. Ko‘rib turganingizdek konsept biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha keng mazmun-mohiyatga ega. Ushbu fikrlarni umumlashtirib quyidagi fikrlarni aytish mumkin: “1. Konsept – bu ongda “nimanidir” bir lahzada chaqnashi. 2. Konsept – bu har bir elementi abstraktsiyaning yuqori darajasiga intiluvchi irearхik tashkil qilingan struktura. 3. Konsept – bu yagona butunlik bo’lib, u elementlari o’zaro bog’langan va o’zaro harakatda bo’lgan maydon tushunchasi bilan bog’lanadi. 4. Konsept – bu so’zlarning predmet yoki tushuncha sohasiga taalluqli ekanligiga qarab guruhlanishi. 6. Konsept –bu operativ mazmuniy хotira, mental leksikon, konseptual sistema va ong tili birligidir.”2 Yuqoridagi har bir fikr o’z kuchiga ega ekanligini ma’lum bir misollar bilan tushuntirishga harakat qilsak.

Fikrlar isboti uchun ayni bir misol sifatida “Vatan” tushunchasiga murojaat qilamiz. Umuman “Vatan” so’zining lug‘aviy ma’nosi nima ekanligini aniqlab olamiz:

Vatan – (a.Tugilib o’sgan joy, yurt) – 1. Kishining tug’ilib o’sgan o’lkasi, shahri yoki qishlog’I; yurt, diyor;

2. kishining tug’ilib o’sgan va o’zi uning fuqarosi hisoblangan mamlakat, ona yurt.

3. turarjoy, boshpana, maskan, uy;

4. o’simlik va shu kabilarning asli kelib chiqqan yerini bildiradi.3

Ko’rsatib o’tilganlarning barchasi so’zning lug’aviy ma’nolari hisoblanadi. Biroq yuqorida aytib o’tilganidek konsept tushunchasi boshqa ma’nolarni ham kasb etishi mumkin. Shuni ham eslatib o’tish joizki, yagona so’z turli millat yoki turli madaniyat vakillari o’rtasida turlicha ahamiyat kasb etadi. Bu esa so’z konseptining turlicha izohlanishiga olib keladi. Xususan, o’zbek tiliga umuman yaqin bo’lmagan ingliz tilini oladigan bo’lsak, tahlili berilayotgan so’z ushbu tilde ham deyarli bir xil lug’aviy ma’noga ega:

Homeland – 1. The country where someone was born;

2. a large area of land where a particular group of people can leave.4

Har ikki tilning izohli lug’atida “ Vatan” so’zi deyarli bir xil mazmunga ega. Lekin ushbu madaniyatga mansub vakillar nazdida turli xil konseptlar shakllangan. Umumiy mazmun-mohiyatiga ko’ra, ular “vatan” deganda turlicha tushunchalarga, dunyoqarashga ega hisoblanadi. Albatta, bu bilan biz, o’zga millat vakillari uchun vatan ikkinchi darajali tushuncha, muqaddas hisoblanmaydi va yoxud ular uchun vatan tuyg’usi begona degan qarashni berishdan yiroqmiz. Lekin o’zbek millati uchun ushbu so’zning qadr-qimmati boshqalarnikidan ko’ra ancha kuchliroq ekanligini ta’kidlamoqchimiz. Buning isboti sifatida esa, badiiy adabiyotga murojaat etish maqsadga muvofiq. Badiiy adabiyot, ayniqsa, she’riyat olamida har bir so’z, har bir tushuncha, mavzumiz doirasida aytganda, har bir konsept o’ziga xos yo’sinda ochib beriladi:

….shuni o’ylab vujudini

Quchar armon titrog’i.

Qanday buyuk kuchdir axir

Ona Vatan tuprog’i.5

Ushbu she’riy parcha Xurshid Davronning vatan haqidagi rivoyatidan keltirilgan eng so’nggi to’rtlikdir. Juda qisqa, juda jo’n, tushuntirishlar, har xil izohu tavsiflarga hojat yo’q. Vatanning naqadar muqaddas ekanligini ta’riflash uchun uning hatto tuprog’i ham buyuk kuchga ega ekanligini aytish orqali shoir o’z nazdida, qolaversa, butun xalq uchun ona vatanning aynan nima ekanligini ifodalashga muvaffaq bo’lgan. Mana shu jihatdan badiiy adabiyot oddiy so’zning mazmun-mohiyatini ochib berishda katta ahamiyat kasb eta oladi.

Bundan tashqari, component-semantik metod deb ataluvchi tahlil usuli bo’lib, unda tushunchaning – konseptning mohiyati ushbu so’z o’rnida yoki ushbu so’z bilan birga qo’llanuvchi lingvistik birliklar orqali anglatiladi. Bunday holat umumiy mazmunning kitobxonning tasavvurida kengroq gavdalanish imkonini beradi. Ushbu tahlil uchun boshqa bir she’riy asar parchasiga murojaat etsak:

Men nechun sevaman, O’zbekistonni?!

Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.

Nechun vatan deya, yer-u osmonni

Muqaddas atayman, atayman tanho?!6

Umumiy tahlilga e’tibor bersak, ushbu matnda ham vatan tuprog’i tushunchasiga to’xtalib o’tilgan. Vattanning bir parchasi ham qanchalik muqaddas ekanligiga urg’u berilgan. Komponent-semantik metodga ko’ra, “O’zbekiston”, “tuproq”, “yer-u osmon”, “muqaddas” so’zlari aynan vatan so’zi bilan birga qo’llanilib, uning ma’nosini aniqlashtirish uchun xizmat qilmoqda. “O’zbekiston” so’zi xalqimiz uchun vatan hisoblangani uchun uning bir tarkibda, bir qatorda qo’llanilishi tabiiy hol. “tuproq”, “muqaddas” so’zlarining tahlilini bundan oldingi misollarda ko’rib o’tdik. Va nihoyat, “Yer-u osmon” so’ziga to’xtalsak. Bundan oldingi tahlilda bir siqim tuproq ham muqaddasligi aytilgan bo’lsa, ushbu nazmiy matnda osmon bilan yer oralig’idagi jamiki jonli va jonsiz narsalar vatanning bir parchasi ekanligi, ularning har biri o’z o’rniga ega ekanligi, ularning barchasi vatanning bir qismi ekanligi, barchasi bir bo’lib vatan hisoblanishi ta’kidlab o’tilmoqda.



Qisqagina tahlil natjiasida ko’rishimiz mumkinki, so’z qudratini boshqa uslublarga nisbatan kengroq tavsiflab bera oladigan badiiy uslub, uning bir qismi hisoblangan she’riyatda, har bir konsept o’ziga xos usullarda namoyon bo’la oladi. Konsept tushunchasining madaniyligi ham aynan badiiy matn bilan bog’liq bo’lib, badiiy adabiyot xalq, millat madaniyatini aniqroq ochib bera oladi. Ushbu atama yuzasidan bugungacha aniq xulosa va dalillar keltirib o’tlmagan bo’lsa-da, aytish mumkinki, konsept milliy madaniyat bilan bog’liq bo’lib, uning ma’lum bir tushuncha insonlar ongida qanday shaklga egaligining o’ziga xos ko’rinishi ekanligini rad eta olmaymiz. Yana shuni qo’shimcha qilish o’rinliki, ayni tushuncha, xususan, “Vatan” konsepti o’zbek millati nazarida qanday bo’yoqqa egaligi badiiy adabiyotda, aynan she’riyatda aniq, tushunarli va ta’sirchan ifodalar orqali beriladi.


Download 30,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish