Nutqiy kopmetensiya
O’quvchining nutqiy kopmetensiyasi muayyan til imkoniyatlaridan
amalda foydalanish malakasidir. Til metodistlarining ta’kidlashlaricha, nutqiy kopmetensiya tuzilishini ikki asosda – lingvistik va psixologik printsiplar asosida belgilash mumkin. Lingvistik prinsipga ko’ra, til bir necha sohalarning (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik) o’zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik ekan,
nutqiy kopmetensiya ham o’quvchilarning shu sohalarga xos kichik sistemalarni o’zlashtirishi va ulardan nutqiy vaziyatga muvofiq o’rinli foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishiga qarab belgilanadi.
Lingvistik kopmetensiya
Maktab o’quvchisining lingvistik kopmetensiyasi deganda til sistemasi haqidagi bilimga, lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarida bilim va ko’nikmalarini mustaqil ko’llash tajribasiga ega bo’lgan o’quvchining integral shaxsiy xislatlari tushuniladi.
Boshqacha aytganda, lingvistik kompetensiya ijtimoiy hodisa va belgilar
sistemasi sifatida til haqida, tilning qurilishi va funktsiyalashishi haqidagi
o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmasi hamda bulardan turli vaziyatlarda foydalanish mahorati anglashiladi.
Pragmatik kopmetensiya
Til faqat kishilar o’rtasidagi oddiygina aloqa vositasi emas, balki til
egalarining o’zini qurshab turgan olamni bilish, qo’lga kiritgan bilimlarini
kelajak avlodga yetkazish vositasi hamdir. Lisoniy birliklar vositasida axborot yig’iladi, saqlanadi va avloddan-avlodga o’tadi.
Har bir shaxs lisoniy qobiliyatga ega. Bu qobiliyat so’zlovchining faqat
muayyan tildagi so’zlarni va ularning bog’lanish qoidalarini bilishi bilan
cheklanib qolmaydi. Agar so’zlovchi lisoniy strukturalarni o’zlashtirsa-yu,
ammo ulardan qanday va qaysi o’rinlarda foydalanishni bilmasa, lisoniy
qobiliyatga to’liq egalik haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Shuning uchun hozirgi
kunda lisoniy qobiliyati kuchli shaxsni tarbiyalamoq uchun ta’lim jarayonida
o’quvchilarning asosiy e’tiborini til sof ichki tuzilishini bilishdan tashqari,
ularning har biridan qaysi vaziyatlarda qanday foydalanishni bilishiga ham
qaratish lozim bo’ladi.
2. Hozirgi kunda ta’limga integrativ yondashuv ham keng yoyilmoqda. Integratsiya so`zi lotincha so`z bo`lib, “tiklash, to`ldirish, qismlarni bir butun qilib birlashtirish” degan ma’noni anglatadi. Ta’lmda bilimlar integratsiyasi yoki fanlararo bog`lanishdan ko`p foydalaniladi. Integrallashgan ta’lim o`quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga o`rgatadi. U nafaqat o`quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi. Predmetlararo bog`lanish tufayli integratsiya turli darajada namoyon bo`ladi:
bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;
o`quv fanlarining turli qismlarini ma’lum bir blokka birlashtirish;
bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o`rganish;
bilimlarni umumlashtirish asosida yaratilgan kurslarni o`rganish.
1. Bixeviorizm (ing . behaviour xulq) — 19-asrning oxiri — 20-asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. Bixeviorizm taʼlimoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xattiharakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. Bixeviorizm introspektiv psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperimental tadqiq qilish taʼsiri ostida yuzaga kelgan. Chunki bunday tadqiqotlarda inson psixikasini oʻrganishda yetakchi boʻlgan oʻz-oʻzini kuzatish metodidan foydalanib boʻlmagan, shuninguchun hayvonlarga nazorat qilib turiladigan turkum taʼsirlar koʻrsatish va bu taʼsirlarga hayvonlar tomonidan beriladigan (berilayotgan) javob reaksiyalarini qayd etib borishga asoslangan tajriba metodikasi ishlab chiqilgan. Soʻng bu metodika odam psixologiyasini ham oʻrganishga koʻchirilgan. Pozitivizm falsafasi tamoyillari Bixeviorizmning umummetodologik asosi boʻlib xizmat qilgan. Bu tamoyilga koʻra, fan, bevosita kuzatib boʻlmaydigan ongni emas, balki faqat bevosita kuzatsa boʻladigan narsalarnigina qayd etishi lozim. B. nuqtayi nazaridan xulq "stimul—reaksiya" (S—R) aloqalarining majmui sifatida talqin qilingan (tushunilgan). Bixeviorizmning ilk gʻoyalari E. Torndayk (1874— 1949) asarlarida oʻz aksini topgan. Bixeviorizm dasturi va shu atamaning oʻzi birinchi bor J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). Bixeviorizm ilmiy asoslarining shakllanishiga V. M. Bexterev va I. P. Pavlovlarning ishlari katta taʼsir koʻrsatgan.
Bixeviorizm taʼlimotiga koʻra, odamda, u tugʻilgan vaqtda nisbatan oz (kam) sonli xulqning tugʻma tizimlari (nafas olish, yutish va shahri k.) mavjud boʻladi va keyinchalik shular ustiga ancha murakkabroq xulq jarayonlari qoʻshilib boradi. Muvaffaqiyatli reaksiyalar mustahkamlanib boradi va keyinchalik ham "effekt qonuni"ning qayta tiklanishi anʼanasiga ega boʻladi. Reaksiyalarning mustahkamlanib borishi "mashklar qonuniga" boʻysunadi, yaʼni bir xil stimullarga javoban bir xil reaksiyalarning qaytaqayta takrorlanaverishi natijasida bu reaksiyalar oʻz-oʻzidan yuzaga chiqaveradigan boʻlib qoladi.
Bixeviorizm 20-asrning 20- yillarida yuksak darajada rivojlandi. Bixeviorizm atamasi va tadqiqot metodikalarining asosiy gʻoyalari antropologiya, sotsiologiya va ped.ga ham tatbiq etildi. Xulqni oʻrganish borasida bir-biri bilan bogʻliq bu fanlar Amerikada bixevioral fanlar deb ataladigan umumiy nom olgan. Hozir koʻp hollarda bixeviorizm gʻoyalari saqlanib qolgan, Ikkinchi jahon urushidan keyin B. anʼanalari qator tadqiqotlar, shuningdek dasturli taʼlim (Skinner) deb nomlangan amerika konsepsiyalarida davom ettirilgan.
Hozirgi zamon psixologiyasida bixeviorizm jiddiy tanqid ham qilinadi. Buning sababi bixeviorizm da ong , tafakkur, iroda va shahri k. asosiy tushunchalar psixologiyadan chetlashtiriladi, psixikaning ijtimoiylik tabiati inkor qilinadi va shularning oqibatida inson xulqi soddalashtirilib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |